Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
0‘zbekiston bastakorlari respublikamizdagi mavjud barcha teatr jamoalari va dramaturglari bilan hamkorlikda har yili bolalar uchun o‘nlab musiqali ertak-tomoshalar yaratadilar.
Respublika teatrlarida bolalar uchun namoyish etilayotgan eng yaxshi musiqali ertak-tomoshalar nomlarini va ularning mualliflarini eslab qoling:
Muqimiy nomli Respublika davlat musiqali teatrida:
To‘lqin Toshmatov — «Ur, to‘qmoq!»,
«Muzaffar — quyosh farzandi»; Nadim Norxojayev — «Tuyaqush — boyaqish»;
Avaz Mansurov — «Kachal polvon va Garmsel»,
«Ne bo‘ldi menga?», «Oloviddinning sehrli chirog‘i»; Mustafo Bafoyev — «Yettinchi jin».
Spektakllari juda ko’plab muxlislarning olqishiga sazovor bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: |