Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi:Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
0‘zbekistonda musiqa san’atining barcha janrlari qatori musiqali drama va komediya — sahnaviy musiqa asarlari ham keng tarqalgan. asrning 30-yillaridan boshlab Yevropa operalariga taqlid sifatida bu janrlar rivojlangan.
Musiqali drama — cholg‘u va vokal musiqa asosiy o‘rinni egallagan dramatik sahna asaridir. To‘xtasin Jalilovning «Tohir va Zuhra», «Nurxon»i, Tolibjon Sodiqov va R. Glierlarning «Layli va Majnun», keyinchalik Yunus Rajabiy, Sayfi Jalil, Mustafo Bafoyev, Farhod Alimov kabi bastakorlar yaratgan asarlar musiqali drama janrining yorqin namunalariga aylangan. NOTA CHO‘ZIMLARINI TAKTLARGA BO‘LISH Notaga tushirilgan kuyning aniq o‘lchovi bo‘lsa, u, albatta, taktlarga bo‘linadi. Biror bir kuy notalarini taktlarga bo‘lish uchun kuyning kuchli va kuchsiz hissalarini sezish lozim. Bunday topshiriqlarni maxsus musiqa maktablarida o‘qiyotgan bolalar bajarishadi. Lekin, oddiy choraklar bilan yozilgan kuyni turli oMchovlarga ajratib, takt chiziqlari qo‘yib chiqsa bo‘ladi.