Daryo yotqiziqlari va vaqtinchalik oqar suvlar yotqiziqlari


Daryoning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 22,19 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü22,19 Kb.
#207982
1   2
Daryo yotqiziqlari va vaqtinchalik oqar suvlar yotqiziqlari fayllar

Daryoning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi yer po‘stining tektonik harakati natijasida buziladi, chunki bunday harakatlar ta'sirida daryoning eroziya bazisi yoki boshlanish qismi joylashgan maydonlarning balandligi o‘zgaradi. Eroziya bazisining pastga tushishi yoki boshlanish qismining ko‘tarilishi, daryo tubi eroziyasining qayta tiklanishiga olib keladi. Vodiylar yana chuqurlashadi va daryoning rivojlanish bosqichlari qaytariladi. Eroziya bazisining ko‘tarilishi yoki daryoning boshlanish qismining pasayishi oqim tezligini susaytiradi, vodiylarda yotqiziqlar akkumulyasiyasi kuchayadi. Daryo tez “qariy” boshlaydi. Daryo vodiysining tuzilishi. Daryo vodiylari tuzilishi, shakli, o‘lchami bo‘yicha xilma-xildir. Buni uning ko‘ndalang kesmida yaqqol ko‘rish mumkin. Vodiylar simmetrik va asimmetrik bo‘ladi (6.9-rasm). Asimmetrik vodiylar Yerning aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, oqimi meridional yo‘nalishda bo‘lgan tekislikda oquvchi daryolarga (yoki uning ma'lum qismiga) xosdir. Topografik xaritalarda daryo vodiysining asimmetriyasi va suv ayirg‘ichi aniq ifodalanishi kerak. Buning uchun gorizontallar va maxsus shartli belgilardan foydalaniladi. (1-ilova, 37). Daryo vodiylari quyidagi elementlardan iborat: vodiy tubi, o‘zani, poymasi (qayiri) va terrasalar (6.10-rasm). Vodiy tubi ikki yonbag‘irlar tagida joylashgan vodiyning eng past qismidan iborat. O‘zan - vodiyning suv oqimi joylashgan qismi.

Oqar suvlarning ishi yer yuzidagi suvning aylanma harakatidan vujudga kelgan yog`in sochin hisobiga bo`ladi. Yer yuziga tushgan yog`inlar, muz va boshqalar suvga aylanib, baland yerlardan pastga qarab oqadi. Bunda oqar suv yemirish ishini bajaradi va yemirilgan materiallarni oqizib ketadi. Oqar suvlar bajaradigan ish yer yuzining relyefiga ko`ra uchga bo`linadi:


a) Vaqtincha o`zansiz oqar suvlarning ishi (yuvib, sidirib ketish);
b) Vaktincha o`zanli oqar suvlarning ishi (jarlarning hosil bo`lishi);
v) Doimiy o`zanli oqar suvlar-daryolarning ishi;
Eroziya. Eroziya jarayoni asosan vaqtincha va doimiy oqar suvlarning jinslarni uyib, yuvib olib ketishidan iboratdir. Eroziya jarayoni gumit iqlimli viloyatlarda xukumronlik qiluvchi geologik jarayonlardan hisoblanadi. Taxminiy xisoblarga qaraganda yer yuzining 26% i eroziya ta`siri ostidadir.
Tub jinslar xamma vaqt fizik va ximik nurash maxsulotlari bilan qoplangan bo`ladi, shuning uchun ular yomg`ir suvlarining ta`siriga bevosita duch kelmaydi. Yomg`ir suvlari tog` jinslariga faqat qiya yon bag`irli yerlarda bevosita ta`sir qilishi mumkin. Ko`pincha yomg`ir va qor suvlari tog` jinslariga ozmi ko`pmi ta`sir etib ularni ozmi ko`pmi yemiradi. Oqar suvlar tog` jinslari va mineral zarrachalarini uzib, o`zi bilan oqizib ketadi. Yer yuzasi qancha qiya va tushayotgan suv qancha ko`p bo`lsa yuvish jarayoni shuncha kuchli bo`ladi. Yuvish jarayonining tezligi va xajmi tog` jinslarining kimyoviy tarkibi va fizik xarakteriga xam bog`liq. Yumshoq va g`ovak tog` jinslar tezroq, qatiq jinslar sekinroq yemiriladi.
Vaqtincha oqar suvlarning ishi. Ozanli vaqtincha oqar suvlar tushunchasi birmuncha aniqroq bo`lsa-da, lekin u doimiy oqar suvlar tushunchasi bilan aralashtirilib yuborilishi mumkin. Yomg`ir va qor suvlaridan hosil bo`lgan o`zanli vaqtincha oqar suvlar eroziyasi natijasida tog` yon bag`irlari uyilib juda parchalanib ketadi. O`zanli vaqtincha oqar suvlar tog` yon bag`irida prolyuvial yotqiziqlarni to`playdi.
Tog` yon bag`ri relyefida o`zanli vaqtincha oqar suvlarning axamiyati kattadir. Daryo vodiysining vujudga kelishi va rivojlanishida xam o`zanli vaqtincha oqar suvlarning xissasi bor. O`zanli vaqtincha oqar suvlarning yotqiziqlari deyarli yaxshi saralanmagan va silliqlanmagan bo`ladi.
Yer yuzasining deyarli xamma yerida chuqurchalar uchraydi, suv ana shu chuqurchalarga intiladi va asta sekin bu chuqurchalarni yuvib o`pqonlar, o`nqir-cho`nqirliklar hosil qila boshlaydi. Bu jarayon bir necha yil mobaynida davom etib jarlarni vujudga keltiradi. Jarlar xamma vaqt xam o`sib boravermaydi. Yon jarlardan asosiy jarga yig`ilib keluvchi suv o`sha yerning eng baland nuqtasiga-jarning yuqori qismiga yetsa, jarning o`sishi to`xtaydi. Tog` vodiylarida kuchli jaladan so`ng hosil bo`ladigan oqim sel deb ataladi.
Daryoning geologik ishi. Eroziya quruqlik yuzasidan oquvchi suvlar, asosan daryo suvlari natijasida vujudga keladi. Eroziya so`zi daryolarning yemirish ishini bildiradi. Daryolarning ishi:
a) o`zanni chuqurlatib, soxilni yuvib ketishda;
b) siniq jinslarni oqizib ketishda,
v) soxilda paydo bo`ladigan va daryo o`zanini to`ldirib yuboradigan toshlarni oqizib ketishda;
d) mayda tosh parchalarini yotqizishda yaqqol ifodalanadi. Oqar suvning eroziyasi natijasida tog` jinslari yuvilib, usti ochilib qoladi ba`zan suv chuqur uyib yuborib, jar hosil qiladi
1. Chuqurlama eroziyada daryo baland joylardan pastga tomon katta kuch bilan oqib tushadi, shunda suv o`zanni o`yib ketadi va daryo suvi ancha pastlikdan oqa boshlaydi.
2. Yonlama eroziya daryoning o`rta oqimida ro`y beradi. Daryoda oqib o`tayotgan suv daryo tagini yuvib yubormay, balki ikki yon soxilini o`yadi. Bunday daryolar tekislikda meandralar hosil qiladi.
Daryolar dengiz va ko`llarga quyiladigan yerlarda deltalar hosil qiladi. Bu yerda daryo o`zaning shakli likopchasimon bo`ladi. Daryoning kelib quyiladigan joyi (birinchi yemirish boshlanadigan joy) eroziya bazisi deb ataladi. Eroziya bazisidan daryo suvining yuqori oqimi tamon yemirishi regressiv (chekinish) eroziya deyiladi.
Tipik oqim uch qismga bo`linadi va ularning xar biri bir qancha ayrim xususiyatlarga ega. Yuqori oqimda to`planuvchi xavzada-oqiziladigan matyeriallar ko`p bo`ladi, o`rta qismida - oqib ketadigan matyeriallar, quyi qismida – cho`kib qoladigan matyeriallar bo`ladi. Eroziya viloyatining ko`tarilishi yoki eroziya bazisining cho`kishi bir oz to`xtagan davrda daryolar baland tog`larni yemirib, peneplenarni, ya`ni biroz yassilangan past-baland yerlarni hosil qiladi.

Xulosa:
Daryoning rivojlanish bosqichlarining ketma-ketligi yer po‘stining tektonik harakati natijasida buziladi, chunki bunday harakatlar ta'sirida daryoning eroziya bazisi yoki boshlanish qismi joylashgan maydonlarning balandligi o‘zgaradi. Eroziya bazisining pastga tushishi yoki boshlanish qismining ko‘tarilishi, daryo tubi eroziyasining qayta tiklanishiga olib keladi. Vodiylar yana chuqurlashadi va daryoning rivojlanish bosqichlari qaytariladi. Eroziya bazisining ko‘tarilishi yoki daryoning boshlanish qismining pasayishi oqim tezligini susaytiradi, vodiylarda yotqiziqlar akkumulyasiyasi kuchayadi. Daryo tez “qariy” boshlaydi. Daryo vodiysining tuzilishi. Daryo vodiylari tuzilishi, shakli, o‘lchami bo‘yicha xilma-xildir. Buni uning ko‘ndalang kesmida yaqqol ko‘rish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Islomov O.I., Shoraxmedov SH.SH. Umumiy geologiya T., «Ukituvchi» 1971 yil.

  2. Kuznetsov S.S. Geologiya ,UzSSR «Urta va oliy maktab», davlat nashriyoti,T., 1960.

  3. «Geologiya lugati»UzSSR FA nashriyoti T.,1958.

  4. Ananyev V.P., Peredelskiy A.V. Injenernaya geologiya. Iz-vo «Vo`sshaya shkola», M-1980.

http://fayllar.org
Yüklə 22,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin