Dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 252,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix13.02.2023
ölçüsü252,11 Kb.
#84142
1   2   3   4   5   6
boshlangich-sinf-oquvchilarini-pirls-xalqaro-baholash-dasturi-tizimiga-tayyorlash-jarayonini-takomillashtirish-masalalari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 445 www.ares.uz 
Ushbu dasturning ko„p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib 
borayotganiga 2021-yilda 20 yil to„ladi. Progress in International Reading and
Literacy Study (PIRLS) – boshlang‟ich 4-sinf o‟quvchilarining matnni o‟qish va
tushunish darajasini. baholash uchun; Boshqacha qilib aytganda, boshlang„ich
sinf o„quvchilarining o„qib tushunish ko„nikmalarini qay darajada rivojlanganligi
haqidagi ma‟lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o„qish
va o„qitishni yaxshilash uchun ta‟lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma‟lumotlarni
taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
Shuningdek, PIRLS, yosh o„quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan
tashqarida ta‟lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya‟ni badiiy tajriba 
orttirish, ma‟lumot olish va undan foydalanish ko„nikmalarini baholash kabi ikkita
keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur 
zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o„zining baholash mezonlarini
zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol
sifatida, 2021-yilda o„tkaziladigan tadqiqotda o„quvchilarga birinchi marta raqamli 
formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o„rinlidir. Raqamli
formatga o„tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn 
o„qishni kompyuterda baholash kabi o„zgarishlar ham ko„zda tutilgan.
O‟zbekiston Respublikasi VM ning 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta‟limi 
tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to‟g‟risida” gi 997-sonli qarori bilan O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Ta‟lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi qoshida 
“Ta‟lim sifatini baholash bo‟yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy 
markazi” tashkil etildi. [2]. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi 
«O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida»gi PF-5712-son Farmonida 2030-yilga kelib 
PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg„or mamlakatlari 
qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o„quvchilarning o„qish, 
matematika va tabiiy yo„nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga 
yo„naltirilgan ta‟lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari
belgilangan. [1]. 
PIRLSda rossiyalik boshlang„ich sinf o„quvchilarining yuksak yutuqlarga
erishishlariga ta‟sir ko„rsatuvchi omillar. 



Yüklə 252,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin