ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 446 www.ares.uz Jamiyatda, o„qituvchilar, ota-onalar va o„quvchilar orasida o„qish savodxonligi
bilan shug„ullanishning qadr-qimmatini tan olinishi, maktabda va oilalarda o„qishga
bo„lgan yuqori motivatsiya, maktabgacha tayyorgarlikning yaxshi darajasi, ota-
onalarning o„qishni o„rganishga tayyorgarlik ko„rishdagi ishtiroki, umumiy
boshlang„ich ta‟limning Federal davlat asosiy standartlarida (ФГОС НОО) belgilab
qo„yilgan ta‟lim jarayonidagi prinsipial o„zgarishlar: “badiiy o„qish” va
metapredmet natijalari bo„yicha umumiy ta‟limni tashkil etish va natijalarga
erishish,boshlang„ich ta‟limning sifatli dasturlari, darsliklar, o„qishni o„rgatishning
chuqur o„ylangan metodikasi, o„qishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o„quvchilar
bilan muvaffaqiyatli ishlash kabi omillar PIRLSda boshlang„ich sinf
o„quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishlariga ta‟sir ko„rsatuvchi omillar sifatida
o‟rganilgan .
PIRLSda rossiyalik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishdagi o‘sish nuqtalari . Har bir sinfda ta‟limni differensiyalashga kuchli e‟tibor berilishi zarur, bu borada
aksariyat birinchi sinf o„quvchilarining muvafaqqiyatli boshlash uchun zarur
bo„lgan ko„nikmalarga ega bo„lmagan maktablarga alohida e‟tibor berilishi lozim.
Yana ikkita muammolarni yodda tutish kerak:
1) Eng kuchli o„quvchilarga kelgusidagi rivojlanishiga ko„maklashish. 2)
O„g„il bolalarga yordam berish, chunki ularning natijalari qizlarning natijalaridan
ko„ra yomonroq degan fikrlarni ko‟rib chiqib aynan mana shu vazifalarni
boshlang„ich sinf o„quvchilarining PIRLSda yuksak yutuqlarga erishishdagi o„sish
nuqtalari deb belgilangan . [3]
Boshlang‟ich ta‟lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta‟lim
jarayonida turli xil matnlardan foydalanishni ta‟minlash zarur: yaxlit, yaxlit
bo„lmagan, murakkab (ko„plik), turli xil matnlarni o„qish uchun turli strategiyalarni
ishlab chiqish, tushunib o„qishni shakllantirish va baholashning turli shakllaridan
foydalanish (qog„oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar qo‟yilgan.