Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə65/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

2. Loyihani rejalashtirish.
Dasturiy loyihalar menejerlari uchun aniq standart vazifalar tasnifini keltirish mushkul. Chunki menejerlarning ishlari tashkilotlar hamda dasturiy mahsulotlarning ishlab chiqishiga qarab o’zgaradi.
Shunga qaramasdan ko’p menejerlar qo’yida keltirilgan harakatlaning ba’zilariga yoki hammasiga javobgar bo’lishadi:
1. Loyihani rejalashtirish.
Loyiha menejerlari loyihani rtejalashtirish, ulani aniqlash hamda guruhdagi odamlarga o’zlarining vazifalarini bo’lib berishga javobgar bo’lishadi. Ular vazifalarni talablarga mos holda bajarilishini monitoring qilishadi va ishning belgilangan vaqt ichida borishi hamda budjetga mosligini nazorat qilishadi.
2. Hisobot berish.
Loyiha menejerlari bajarilayotgan ishlarni qay darajada ketayotganli haqida mijozga hamda kompaniya menejerlariga hisobot berishga majbur . Ular texnik axborotlardan tortib boshqarish xulosalarigacha bo’lgan bosqichlarda ma’lumot berishga majbur. Ular bu ma’lumotlarni loyiha jarayonlari ketayotgan paytda berishlari shart.
3. Xavfni boshqarish.
Loyiha menejerlari loyihaga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan xavflarni baholashlari , ularni monitoring qilishlari shuningdek muammo kuchayganda ular ustida ish olib borishlari kerak bo’ladi.
4. Odamlarni boshqarish.
Loyiha menejerlari lyihani bajarayotgan guruh odamlari ustidan nazorat olib borishlari kerak bo’ladi.
5. Taqdim yozish.
Dasturiy ta’minotni loyihalashning birinchi bosqichi loyiha bo’yicha shartnomani yutish uchun taqdim yozishga jalb qiladi. Taqdim o’z ichiga loyihaning maqsadi va uni qanday olib borilishini oladi.
Xavfni boshqarish
Xavfni boshqarish bu menejer uchun loyihani boshqarishdagi eng muhim vazifa hisoblandi. Xatarlar loyihaga tahdid soladilar.
Xatarlarni uchta turga bo’lib ko’rsatish mumkin:
1. Loyihadagi xatarlar.
Bular shunday xatarlarki, ular loyiha grafigiga hamda loyiha resurslariga ta’sir qiladilar.bunga misol qilib loyiha disaynerining yuqolishini keltirish mumkin. Agar dizayner ketsa uning o’rnig boshqa tajribali dizayner topishga ko’p vaqt ketadi.
2. Mahsulotdagi xatarlar.
Bu shunday xatarlarki, ular mahsulotning sifatiga hamda loyiha imkoniyatlariga ta’sir ko’rsatadi. Bunga misol qilib qabul qilinga komponentlarning tartibdan chiqib ketishini ko’rsatish mumkin.
3. Biznes xatarlar.
Bu shunday xatarlarki, ular tashkilotning dasturiy ta’minot jarayonlariga hamda ularni rivojlantirishlariga tasir ko’rsatadi. Bunga misol qilib raqobatchilarning shunga o`xshash yangi loyihani taqdim etishlari kiradi.
Loyiha menejerlardan loyihani rejalashtirishdagi xatarlar oqibatlarini tahlil qilish talab qilinadi. Xatarlarni effektiv boshqarish bu yuzaga keilishi mumkin bo’lgan xatarlarni aniqlash hamda ularni yechishning samarali yo’lini topishdir.
Loyihaga tasir ko’rsatadigan shunday muayyan xavf-xatarlar borki, ular loyiha hamda dasturiy ta’minot yaratilayotgan tashkilot muhitiga bog’liq bo’ladi. Biroq shunday xavf-xatarlar borki ular yaratiulayotgan dasturiy ta’minotning turiga bog’liq bo’lmaydilar va ularga har qanday loyihalarda duch kelish mumkin bo’ladi.
Bunday xavf-xatarlarning ba’zi ko’p uchraydigan ko’rinishlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Loyiha,mahsulot va biznesga bo’lgan ko’p uchraydigan xatarlarga misollar.



Xodimlarni boshqarish
Dasturiy ta’minot yaratish tashkilotida ishlaydigan xodimlar tashkilotning muhim bo’lagi hisoblanishadi. Yaxshi xodimlarni ishga yollash tashkilotga qimmatga tushadi va bu masalani hal qilish menejerlarga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari loyiha menejerlari datsuriy ta’minot ishlab chiqishda texnik masalalarni tushunishlari kerak bo’ladi. Lekin shunda zo’r dasturiy ta’minot muhandislari borki, ularda yaxshi menejer chiqmaydi. Ular ko’chli texnik qobiliyatga ega bo’lishlariga qaramasdan ularda guruhda yetakchilik hamda guruh a’zolariga dalda berish qobiliyati bo’lmaydi.
Loyiha menejerlari xodimlarni boshqarish haqida xabardor bo’lishlari va ularni boshqarishni rivojlantirishi kerak bo’ladi.
Xodimlarni boshqarishning asosiy 4 ta omili mavjud:
1. Mustahkamlik:
Loyihadagi xodimlar barobar o’qitilishi kerak bo’ladi. Hech bir xodim erishiladigan yutuqlarni oziniki bo’lishini xohlamasligi hamda ularning ishlari rahbar tomonidan qullab quvatlab turilishi kerak.
2. Hurmat:
Har bir xodimda har xil qobiliyat bo’ladi va menejer bularni hurmat qilishi kerak bo’ladi.har bir guruh a’zosiga loyihaga o’z hissalarini qo’shish imkoniyatini berish kerak. ba’zi hollarda xodimlarni ushbu loyihaga mos emasligini menejerlar sezishadi, shunda ulardan astalik bilan ish ko’rishlari talab etiladi.
3. Hisobga olish:
Xodimlarning loyihaga samarali hissa qushishlari boshqa guruh a’zolarini ularni tinglashlari va bergan takliflarini hisobga olishlariga bog’liq bo’ladi. Ishchi muhitinio rivojlantirish judayam muhim hisoblanadi.
4. Haqqoniylik:
Menejerlar guruhda kimning ishi yaxshi ketayotgani yoki yomon ketayotganini haqqoniylik bilan aytishi kerak.bundan tashqari menejer o’zining qanday texnik darajada bilimga ega ekanligini bilib, undan yuqori malakali xodimlar bilan bilim almashishi kerak. Menejer o’z xodimlariga motivatsiya berish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.motivatsiya berish bu ishni boshqarish va odamlarga ishchi muhitini yaxshi tashkil qilish hisoblanadi. Buning natijasida ishchilar ozlarining eng yaxshi ishlarini
ko’rsatadilar.
Xodimlarga yaxshi ishchi muhitini yaratish uchun menejer xodimlarga nima motivatsiya berishi mumkinligini bilishi talab qilinadi. Odamlar o’zlariga kerak narsalarni ularga yetkazilib berishidan qanoatlanadilar. Xodimlarning nimalarga muhtoj bo’lishlarini quyidagi rasmdan ko’rish mumkin:

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish tashkilotida ishlovchi xodimlarga odatda och qolmaslik uchun fiziologig tahdidga tushmaslik uchun muhit yaratib berishadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin