Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə63/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Ortib borish modeli Incremental(ortib borish) ishlab chiqish dastlabki amaliy ko’rinishni ishlab chiqish g’oyasiga asoslangan. Foydalanuvchi izohlariga qarab tizimning keyingi versiyalari ishlab chiqiladi
Qayta foydalanishga mo’ljallangan dasturiy injiniring
Ko’pgina dasturiy ta’minot loyihalarida bir nechta qayta foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar mavjud.
Qayta foydalanishga mo’ljallangan jarayonlarda foydalanish mumkin bo’lgan uch xil turdagi dasturiy ta’minot komponentalari bor:
1. Veb servislar servis standartlariga ko’ra ishlab chiqilgan
2. .NET yoki J2EE kabi componenta freymvorklarga integratsiya qilinadigan paketlangan obyektlar kolleksiyasi
3. Maxsus muhitlarda foydalanish uchun sozlangan autonom dasturiy ta’minot tizimlari.



1.2. Sifatli va tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqish
Tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayoni foydali dasturiy ta’minotni tezda tayyorlashga mo’ljallangan.
Tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqishning bir nechta yondashuvlari mavjud bo’lsada ularning asosiy xarakteristikalari mavjud:
1. Xususiyatlarni aniqlash, dizaynlash va amaliy ko’rinishga keltirish jarayonlari birlashtirilgan. Tizimning xususiyatlari batafsil keltirilmaydi va dizayn hujjatlari minimumlashtirilgan. Foydalanuvchi
talablari hujjatlari tizimning muhim xarakteristikasi hisoblanadi.
2. Tizim bir necha talqinda ishlab chiqariladi. Foydalanuvchi yangi talablarini qondirish maqsadida dasturiy ta’minotning navbatdagi talqini ishlab chiqariladi.
3. Tizimning foydalanuvchi interfeysini tezda tayyorlash maqsadida IDS (integrated development system)


1.3 Dasturiy ta’minotni modellashtirish
Modellar talablar injiniringi jarayonida tizim uchun talablarni hosil qilishda foydalaniladi. Siz mavjud tizimlarning modelini va ishlab chiqarilayotgan tizimning modelini tuishingiz mumkin.
1. Mavjud tizim modellari talablar injiringi mobaynida foydalaniladi. Ular mavjud tizimning nima ish bajarishini aniqlashtiradi va tizimning kuchli va kuchsiz tomonlarini muhokama qilishga asos bo’ladi. Bu yangi tizim uchun talablar ishlab chiqishga olib keladi.
2. Yangi tizim modellari talablar injiniringi davomida yordam berish uchun ishlatiladi. Injinerlar dizayn bo’yicha takliflarni muhokama qilishda modellardan foydalanadi.
Tizim modelining eng muhim tomoni shundaki unda tizim haqidagi batafsil ma’lumotlar tashlab ketiladi. Model o’rganilayotgan tizimning mavhum ko’rinishidir.
Siz tizimni turli xil ko’rinishlarini ko’rsatish uchun turli xil modellarni ishlab chiqishingiz mumkin. Masalan:
1. Tashqi ko’rinish, tizimning konteksti yoki muhitini modellashtirish.
2. O’zaro munosabatlar ko’rinishi, tizim bilan muhit yoki tizim komponentalari o’rtasidagi o’zaro munosabatni modellashtirish.
3. Strukturaviy ko’rinish, tizim tomonidan ishlov berilayotgan ma’lumotlar strukturasi yoki tizim tashkilotini modellashtirish.
4. Xatti harakatlar ko’rinishi, tizimning dinamik xatti harakatlari va hodisalarga qanday javob berishini modellashtirish.
Tizimning turli xil modellarini yaratish uchun UML bir nechta diagrammalarga ega.
1. Faoliyat diagrammalari, jarayondagi faoliyatlarni ko’rsatadi
2. Foydalanish holati diagrammari, tizim va uning muhiti o’rtasidagi munosabatni ko’rsatadi.
3. Ketma-ketlik diagrammalari, shaxs va tizim va tizim komponentalari orasidagi munosabatlarni ko’rsatadi.
4. Sinf diagrammalari, tizimdagi obyektlar sinflari va ularning o’zaro munosabatini ko’rsatadi.
5. Holat diagrammari, tizimning ichki va tashqi hodisalarga ta’sirini ko’rsatadi.
UML(Unified Modeling Language) - birlashgan modellashtirish tili dasturiy ta’minot tizimlarini modellashda 13 ta turli xil diagramma turlaridan foydalanadi.
UML dasturiy ta’minot tizimlarini modelini yaratishda standart yondashuv deb qabul qilingan.
Konteks modellar Konteks modellar tizimning tezkor kontekstini ko’rsatishda foydalaniladi.
Arxitekturaviy modellar tizim va uning boshqa tizimlar bilan munosabatini ko’rsatadi.
Tizim chegaralari Tizim chegaralari nima tizim ichida va nima tizim tashqarisidaligini ko’rsatadi. Ular ishlab chiqarilayotgan tizimda foydalanilayotgan yoki bog’liq bo’lgan boshqa tizimlarni ko’rsatadi. Konteks modellar muhitdagi ishlab chiqarilayotgan tizimni emas balki muhitdagi boshqa tizimlarni ko’rsatadi. Jarayon modellar ishlab chiqarilayotgan modellarni ko’rsatadi. UML diagrammalar jarayon modellarda foydalaniladi.
Nazorat savollari
1. Dasturiy ta’minot nima?
2. Yaxshi dasturiy ta’minotning attributlari nima?
3. Dasturiy injiniring nima?
4. Dasturiy injiniringni asosiy faoliyatlari nima?
5. Dasturiy injiniring va kompyuter ilmi o’rtasida qanday farq bor?
6. Dasturiy injiniring va tizim injiniring o’rtasida qanday farq bor?
7. Dasturiy injiniringni narxi qancha?
8. Eng yaxshi dasturiy injiniring usuli va metodi qaysi?
9. Dasturiy injiniringa veb qanday xilma-xillik olib keldi?

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin