N ta talabadan iborat guruh tuzilsin. Quyidagi ma‟lumotlar berilgan:
familiya, ism, tug„ilgan yili, fanlar bo„yicha bahosi: MTvaA, oliy matematika,
fizika, dasturlash, topshirgan sessiya umumiy bali.
To„g„ri tanlov usulidan foydalanib, saralashni amalga oshirish dasturini
ishlab chiqing (variantga mos ravishda):
11. Talabalar familiyalarini alifbo tartibida.
12. Talabalarni yoshi bo„yicha o„sish tartibida.
13. Talabalarni umumiy bali bo„yicha o„sish tartibida.
14. Talabalarni birinchi imtihoni natijasi bo„yicha o„sish tartibida.
15. Talabalarni ikkinchi imtihoni natijasi bo„yicha kamayish tartibida.
16. Talabalarni uchinchi imtihoni natijasi bo„yicha o„sish tartibida.
17. Talabalarni to„rtinchi imtihoni natijasi bo„yicha kamayish tartibida.
18. Talabalarni birinchi va ikkinchi imtihoni natijalari bo„yicha o„sish
tartibida.
19. Talabalarni birinchi va ikkinchi imtihoni natijalari bo„yicha kamayish
tartibida.
20. Talabalarni umumiy bali bo„yicha kamayish tartibida.
Pufaksimon saralash usulidan foydalanib, saralashni amalga oshirish
dasturini ishlab chiqish (variantga mos ravishda):
21. A massivning eng katta (eng kichik) elementini ekranga chiqarish
dasturini tuzing.
22. A massiv elementlari qiymatlarini kamayish tartibida saralash dasturini
tuzing.
23. A massivda elementlar berilgan. Mazkur massiv elementlaridan shunday
V massiv shakllantiruvchi shunday dastur tuzingki, V massiv elementlari
kamayish tartibida saralangan bo„lsin.
24. Elementlari o„sish tartibida joylashgan A sonli massiv va a soni berilgan.
a ni A massivga shunday qo„shingki, tartiblanganlik buzilmasin.
124
25. Elementlari o„sish tartibida joylashgan A massivni, elementlari kamayish
tartibida joylashgan massiv ko„rinishida tez quruvchi dastur tuzing.
26. Manfiy va musbat sonlardan tashkil topgan A massiv berilgan. Barcha
manfiy sonlarni chiqarib, musbatlarini o„sish tartibda joylashtiruvchi dastur tuzing.
27. Berilgan A massivdan ketma-ket sonlar olib, ulardan o„sish tartibida
shakllantirilgan V massiv hosil qiluvchi dastur tuzing.
28. Mualliflar ro„yhati A massiv shaklida berilgan. Mualliflarni alifbo
tartibida shakllantirish va shakllangan ro„yhatni ekranga chiqarish dasturini tuzing.
29. Telefon stansiyasida n ta mijoz bor. Quyidagi shaklda ro„yhat hosil
qiluvchi dastur tuzing: telefon raqami, mijoz familiyasi (telefon raqamlari o„sish
tartibida joylashadi).
30. A massivni uzunliklari har xil bo„lgan n ta so„z tashkil qiladi. So„zlarni
uzunliklari bo„yicha o„sish tartibida joylashtiruvchi dastur tuzing.
|