4.8. Binar daraxtdan elementni o‟chirish funksiyasi
Tugunni o‟chirib tashlash natijasida daraxtning tartiblanganligi buzilmasligi
lozim.
73
Tugun daraxtda o‟chirilayotganda 3 xil variant bo‟lishi mumkin:
1) Topilgan tugun terminal (barg). Bu holatda tugun otasining qaysi
tomonida turgan bo‟lsa, otasining o‟sha tomonidagi shoxi o‟chiriladi va tugunning
xotirada joylashgan sohasi tozalanadi.
2) Topilgan tugun faqatgina bitta o‟g‟ilga ega. U holda o‟g‟il ota o‟rniga
joylashtiriladi.
3) O‟chirilayotgan tugun ikkita o‟g‟ilga ega. Bunday holatda shunday qism
daraxtlar zvenosini topish lozimki, uni o‟chirilayotgan tugun o‟rniga qo‟yish
mumkin bo‟lsin. Bunday zveno har doim mavjud bo‟ladi:
- bu yoki chap qism daraxtning eng o‟ng tomondagi elementi (ushbu
zvenoga erishish uchun keyingi uchiga chap shox orqali o‟tib, navbatdagi uchlariga
esa, murojaat NULL bo‟lmaguncha, faqatgina o‟ng shoxlari orqali o‟tish zarur);
- yoki o‟ng qism daraxtning eng chap elementi (ushbu zvenoga erishish
uchun keyingi uchiga o‟ng shox orqali o‟tib, navbatdagi uchlariga esa, murojaat
NULL bo‟lmaguncha, faqatgina chap shoxlari orqali o‟tish zarur).
O‟chirlayotgan element chap qism daraxtining eng o‟ngidagi element
o‟chirilayotgan element uchun merosxo‟r bo‟ladi ( 12 uchun – 11 bo‟ladi).
Merosxo‟r esa o‟ng qism daraxtning eng chapidagi tuguni (12 uchun - 13).
Merosxo‟rni topish algoritmini ishlab chiqaylik (4.8-rasmga qarang).
p – ishchi ko‟rsatkich;
q - p dan bir qadam orqadagi ko‟rsatkich;
v – o‟chirilayotgan tugun merosxo‟rini ko‟rsatadi;
t – v dan bir qadam orqada yuradi;
s - v dan bir qadam oldinda yuradi (chap o‟g‟ilni yoki bo‟sh joyni ko‟rsatib
boradi).
74
4.8-rasm. Binar daraxtdan oraliq tugunni o‟chirich tartibi
Yuqoridagi daraxt bo‟yicha qaraydigan bo‟lsak, oxir oqibatda, v ko‟rsatkich
13 tugunni, s esa bo‟sh joyni ko‟rsatishi lozim.
1) Elementni qidirish funksiyasi orqali o‟chirilayotgan elementni topamiz. p
ko‟rsatkich o‟chirilayotgan elementni ko‟rsatadi.
2) O‟chiriladigan elementning o‟rniga qo‟yiluvchi tugunga v ko‟rsatkich
qo‟yamiz.
node *del(node *tree,int key){
node *p=new node;
node *next=tree;
node *q=NULL;
while(next!=NULL)
{
if
(next->info==key){cout<<"Binar
daraxtda
"<
Mavjud"<
if (next->info>key){ q=next; next=next->left; }
else {q=next;next=next->right;}
}
if(next==NULL) cout<<"tuzilmada izlangan element yo’q!!!"<
node *v=NULL,*t=NULL,*s=NULL;
if(p->left==NULL)v=p->right;
else
75
if(p->right==NULL) v=p->left;
if((p->left!=NULL)&&(p->right!=NULL)){t=p; v=p->right; s=v->left;}
while(s!=NULL){
t=v;
v=s;
s=v->left;
}
if((t!=NULL)&&(t!=p)){
t->left=v->right;
v->right=p->right;
v->left=p->left;
}
if(t==p) v->left=p->left;
if(q==NULL){
cout<info<<" ildiz\n";
tree=v;
delete(p);
return tree;
}
if(p==q->left)
q->left=v;
else q->right=v;
delete(p); // o’chirilgan element joylashgan xotira yacheykasini tozalash
return tree;
}
Dostları ilə paylaş: |