19
1.3.3. Massivlar
Massiv bu bir toifaga mansub elementlar to„plami bo„lib, uning 2 xil
ko„rinishi mavjud: 1 o„lchovli va 2 o„lchovli massivlar. 1 o„lchovli
massivda har
bir element 1 ta indeksga, 2 o„lchovli massiv (matritsa) da esa elementlar 2 ta
indeksga ega bo„ladi. 1 o„lchovli massivda elementlarning indeksi ularning turgan
o„rni, ya‟ni tartib raqami bilan belgilanadi. 2 o„lchovli
massivlarda esa
elementlarning 1-indeksi uning joylashgan satri va 2-indeksi esa u joylashgan
ustun tartib raqami bilan belgilanadi. Har ikkala holatda
ham massiv elementlari
indekslari 0 dan boshlanadi. C++ dasturlash muhitida massivlarni e‟lon qilish
uchun ularning oldiga toifasi ko„rsatilib, massivga nom va []
kvadrat qavs ichida
massiv uzunligi, ya‟ni elementlar soni ko„rsatiladi, ya‟ni masalan: int a[10]; char
b[10][20];
1 o„lchovli massiv - a[0],a[1],…,a[n]
2 o„lchovli massiv - a[0][0],a[0][1],…,a[0][m]
a[1][0],a[1][1],…,a[1][m]
…
a[n][0],a[n][1],…,a[n][m]
Ikki o„lchamli massiv elementiga murojaatni amalga oshirish uchun uning
indeksi qiymatlari zarur bo„ladi. Fizik bosqichda ikki o„lchamli massiv ham xuddi
bir o„lchamli massiv kabi ko„rinishga ega bo„ladi hamda
translyatorlar massivni
qator yoki ustun ko„rinishida ifodalaydi.
#include
using namespace std;
int main()
{
int a[2][3],s=0;
for(int i=0;i<2;i++)
for(int j=0;j<3;j++){
cin>>a[i][j];