1.3. Keltirilgan toifalar
1.3.1. Sanaladigan toifa
Bir qancha qiymatlardan birini qabul qila oladigan o„zgaruvchiga
sanaladigan toifadagi o„zgaruvchilar deyiladi va bunday o„zgaruvchilarni e‟lon
qilishda enum kalit so„zi va undan keyin toifa nomi hamda figurali qavs ichida
vergullar bilan ajratilgan o„zgarmas qiymatlar ro„yhati ishlatiladi.
Masalan:
enum Ranglar{oq, qora, qizil, yashil};
Bu yerda Ranglar nomli sanoqli toifa yaratildi. Ushbu toifaning 4 ta
16
o„zgarmas elementlari mavjud va ular dastlab 0 dan boshlab sanaladigan
butun sonli qiymatga ega bo„ladilar. Ayrim hollarda foydalanuvchi tomonidan
o„zgarmaslarga
ixtiyoriy
sonli
qiymat
ham
o„zlashtirilishi
mumkin.
O„zgarmaslarga qiymatlar o„sish tartibida berilishi kerak. Masalan,
enum Ranglar{oq=100,qora=200,qizil,yashil=400};
Bu yerda qizil o„zgarmasning qiymati 201 ga teng bo„ladi. Endi shu
toifadagi birorta o„zgaruvchini e‟lon qilish mumkin.
Ranglar r=qizil;
Endi r o„zgaruvchi ranglar toifasida aniqlangan o„zgarmaslardan ixtiyoriy
birini qiymat sifatida qabul qila oladi. Masalan:
#include
using namespace std;
int main()
{ enum kunlar{du=1,se,chor};
kunlar hafta;
hafta=chor;
cout<
int kun;
cout<<"\nbugun qaysi kun=";
cin>>kun;
if(kun==chor) cout<<"\ntalabalar bilan uchrashuvingiz bor";
system("pause");
}
Natija: 3
bugun qaysi kun=3
talabalar bilan uchrashuvingiz bor
1.3.2. Ko„rsatkichli toifa
Ko„rsatkichlar ma‟lumotlarni emas, balki bu ma‟lumotlar joylashgan
17
xotiradagi manzilni o„zida saqlaydi. Ko„rsatkichlar xotirada bor yo„g„i 4
bayt joyni egallab, u ko„rsatayotgan ma‟lumotlar ancha katta joyni egallagan
bo„lishi mumkin. Ko„rsatkichlar qanday ishlashini bilish uchun mashina xotirasi
tashkil etilishining tayanch prinsiplarini bilish lozim. Mashina xotirasi 16 lik sanoq
sistemasida raqamlangan yacheykalar ketma-ketligidan iboratdir. Har bir
o„zgaruvchining qiymati uning adresi deb ataluvchi alohida xotira yacheykasida
saqlanadi. Ko„rsatkichli toifadagi o„zgaruvchilar o„zida ana shu kabi
o„zgaruvchilar yoki boshqa ma‟lumotlarning xotiradagi adresini saqlaydilar. C++
da o„zgaruvchini ko„rsatkichli toifada e‟lon qilish uchun o„zgaruvchi nomidan
oldin * belgisi qo„yiladi. Har bir o„zgaruvchining toifasi bilan e‟lon qilingani kabi
ko„rsatkichli o„zgaruvchilar ham ma‟lum bir toifa bilan e‟lon qilinadi. Bunda
ko„rsatkichli o„zgaruvchining toifasi – shu ko„rsatkich ko„rsatayotgan xotira
yacheykasidagi ma‟lumotning toifasi bilan bir xil bo„lishi kerak. Masalan, int a=1
bo„lsin. Ushbu o„zgaruvchining adresini o„zida saqlovchi b ko„rsatkichli
o„zgaruvchini e‟lon qilishda ham int toifasi ishlatiladi, ya‟ni int *b. Endi bunday
toifadagi o„zgaruvchiga a o„zgaruvchining adresini o„zlashtirish uchun a ning
oldiga & - adres operatorini qo„yish zarur, ya‟ni b=&a.
Misol.
#include
using namespace std;
int main()
{ short int a=1234567;
short int *b;
b=&a;
cout<
system("pause");
}
Ko„rsatkichli toifalar yordamida fayllarga ham murojaat qilsa bo„ladi,
masalan quyida f.txt faylidagi ma‟lumotlarni ekranga chiqarish dasturi keltirilgan:
#include
18
#include
using namespace std;
int main()
{
FILE *p;
char s;int i=0;
if((p=fopen("f.txt","r"))==NULL)
i cout<<"o'xshamadi";
else cout<<"ulandi\n";
while(s!=EOF){
s=fgetc(p);
if(s=='s')i++;
cout<
}
fclose(p); cout<<"s harfi "<
system("pause");
}
f.txt fayli tarkibi:
c++ tilida fayllar
bilan
ishlash dasturi
Dastur natijasi:
ulandi
c++ tilida fayllar
bilan
ishlash dasturi
s harfi 3 marta qatnashgan
Dostları ilə paylaş: |