Dasturiy injiniring


Tadqiqot maqsadi va vazifalari



Yüklə 22,58 Kb.
səhifə2/2
tarix08.06.2023
ölçüsü22,58 Kb.
#126738
1   2
Dessertatsia Homidova

Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Katta hajmli (Big-Data) ma’lumotlarga real vaqtda ishlov berish.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:

  • Kletkali avtomatlar asosida katta hajmli ma’lumotlarni tahlil qilish

  • ovozli ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash algoritmi va dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining resurs va xizmatlarini taqdim etishning konseptual modeli ishlab chiqiladi;

Tadqiqot obyekti. Taqsimlangan ustunli indekslardan foydalanidigan katta maʼlumot bazalari.
Tadqiqot predmeti. Koʻp yadroli protsessorlar bilan jihozlangan kompyuterlarda relyatsion maʼlumotlar bazasi bilan bilan integratsiyalashuvga imkon beruvchi klasterli hisoblash tizimlariga yoʻnaltirilgan maʼlumotlarning ustunli tasviridan foydalangan holda katta maʼlumotlar bazalarini parallel ishlov berish.
Tadqiqot usullari. Dissertatsiya ishida crowdsourcing, aralashtirish va ma’lumotlarni birlashtirish, mashinasozlik, sun’iy neyron tarmoqlari, naqshni aniqlash, bashoratli tahlil, simulyasion modellashtirish, mekansal tahlil, statistik tahlil, analitik ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish usullaridan foydalaniladi.
Ishning ilmiy yangiligi. Taqsimlangan ustunli indekslardan foydalanadigan katta maʼlumot bazalarini parallel ishlov berish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Bugungi kunda jahonda katta ma’lumotlar ko’p. Har soniyada juda katta ma’lumotlar paydo bo’lib bormoqda. Shu ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, yetkazish ishlarini amalga oshirish zarur. Shuning uchun bizga katta ma’lumotlar bazasi ya’ni “Big Data” juda zarur. Bizning ilmiy yangiligimizda taqsimlangan ustunli indekslardan foydalanadigan katta maʼlumot bazalarini parallel ishlov berish usullari qo’llanilishi real vaqtda ma’lumotlarni qayta ishlashga xizmat qiladi. Buning natijasida izlanayotgan ma’lumotlar to’g’ri va tez yetkaziladi.
Mavzu boʻyicha qisqacha adabiyotlar tahlili. «Big Data» atamasi «katta ma’lumotlar» degan ma’noni bildirib, uni birinchi marta 2008-yilda «Nature» jurnalining muharriri Klifford Linch ishlatgan. U dunyoda axborot hajmlarining jadal sur’atlarda o‘sishi haqida gapirib, faqatgina yangi vositalar va yanada ilg‘or texnologiyalar ularni o‘zlashtirishga yordam berishini ta’kidlagan.
«Big Data» – bu juda tez sur’atlarda o‘sib borayotgan katta hajmdagi tizimli va tizimsiz raqamli ma’lumotlar to‘plami. «Big Data» biznes jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish, to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan eng samarali qarorlarni qabul qilinishini ta’minlash maqsadida axborotni saqlash va qayta ishlashning innovatsion usullarini o‘z ichiga oladi.
«Katta ma’lumotlar» tushunchasi o‘zi nisbatan yangi bo‘lsa-da, aslida uning kelib chiqishi birinchi ma’lumotlar markazlari va relyasion ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish boshlangan 1960-1970-yillarga to‘g‘ri keladi.
2005-yilda odamlar Facebook, YouTube va boshqa onlayn xizmatlar foydalanuvchilari qancha ma’lumot ishlab chiqarayotganini tushuna boshladilar. Shu yili Hadoop (katta ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun maxsus yaratilgan ochiq kodli platforma) ishlab chiqildi.
2014-yildan boshlab, katta ma’lumotlarga amaliy muhandislik va IT mutaxassislar tayyorlaydigan dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari ye’tibor qaratishdi. Keyin Microsoft, IBM, Oracle, YEMC, undan keyin esa Google, Apple, Facebook va Amazon kabi yirik korporatsiyalar qo‘shildi. Bugungi kunda katta ma’lumotlar yirik kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan turli sohalarda ishlatilmoqda.
Jahonda katta ma’lumotlar bazalari bilan Belov S. D., Vorojsov A.S., Tutova N.V., Tutov A.V., Golubev, A.Kobanov, T.V. Batura, F.A. Murzin, D.F.Semin, N.Umnov, P.Dorinskiylar va boshqalarning bu boradagi ishlari qiyosiy o’rganib chiqildi.
Respublikamizda katta ma’lumotlar bazalari bilan Kornilov V.V., Isaev E.A., Isaev K.A., H.M.Ibrohimov, M.O.Otabekova, M.X.Mahkamovalar olib borgan ilmiy tadqiqotlar o’rganilib chiqildi.
Ishning amaliy ahamiyati. Tadqiqotda olingan natijalarning amaliy ahamiyati taqsimlangan ustunli indekslardan foydalanidigan katta maʼlumot bazalarini parallel ishlov berish koʻp yadroli protsessorlar bilan jihozlangan kompyuterlarda qo’llash mumkin.
Ishning tuzilishi va qisqacha mazmuni. Dissertatsiya ishi ___ betdan iborat boʻlib, unda kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar roʻyxati va glossariy boʻlimlari mavjud. Unda ta rasm, ta jadval mavjud.
Yüklə 22,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin