2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6
8.4 Kompilyatorlar (Compiler), Sharhlovchi dasturlar (Interpreter) va sozlash dasturlari (Debugger)
Bobning boshida ta’kidlab o‘tilganidek, kompyuter protsessor faqat mashina kodlarini ishlab chiqadi. Bu bilan yuksak darajali dastur tili (belgilar tili) ishlab chiqilgan buyruqlarning, keyinchalik ularga protsessorlar tomonidan ishlov berilishidan avval mashina tiliga o‘tkazilishini ko‘zda tutadi.
Bu maqsad uchun kompyuterdan o‘tkazish dasturi qo‘llaniladi. Muammoga mo‘ljallangan tillar yordamida yaratilgan buyruqlarni qayta o‘zgartirish dasturi mashina kodlarida kompilyatorlar deb ataladi. Bunda o‘tkazish jarayoni dasturni bajarishdan oldin amalga oshiriladi.
Mashinaga mo‘ljallangan tillarning o‘tkazilishiga javob beruvchi dasturlar Assembler deb ataladi. Bu erda mashinaga mo‘ljallangan tilning nomi ASSEMBLER bilan o‘tkazishning zarur dasturi (transplyator) nomi Assembler o‘rtasida bir xillik bor.
Dasturlashning belgiiy tili yordamida yaratilgan boshlang‘ich kod boshlang‘ich dastur (boshlang‘ich tildagi dastur) deb ataladi. O‘tkazishning bayon etilgan jarayoni yordamida u ikkilangan – shu bois protsessor uchun tushunarli bo‘lgan-shakldagi mashina buyruqlari ketma-ketligidan iborat yakuniy dasturga (mashina kodidagi dastur) o‘zgartiriladi.
Kompyuterlar bilan bir qatorda yana sharhlovchi dasturlar tili mavjud. Ular dasturiy kodga satrma satr, har bir satrni darhol mashina kodiga o‘tkazib va uni bajarib ishlov beradi. Modomiki o‘tkazish jarayoni dasturni har bir ko‘rikdan o‘tkazish bilan yangidan takrorlanar ekan, dastrurning o‘tish tezligi ham juda cheklangan. Ishning bunday jarayoni sababli, ish paytida berilgan dasturga muvofiq sharhlovchi dasturning mavjudligi chindan ham zarur. BASIC va LISP – shunday harakat tamoyilining mashhur vakillaridir. Sharhlovchi dasturlarning bu aniq kamchiliklariga kompilyatorlar ega emas. Bu erda o‘tkazish birinchidan to oxirgi dasturiy satrgacha bitta ko‘rikdan o‘tkazish bilan amalga oshiriladi va davomiylikka kelganda esa, unda kompilyatorning endi keragi bo‘lmaydi.