Sozlash dasturi (Debugger) ;
Mashinaga mo‘ljallangan tillar / muammoga qaratilgan tillar (misollar).
Fortran, Cobol, Assembler, Basic, Visual C – dasturlashning xilma xil turlari mavjud. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish uchun dasturchi dasturlashning ko‘pchilik tillaridan birining foydasiga masalani hal qilishi kerak. Ko‘pincha bu masala ikkita mezondan kelib chiqqan holda hal qilinadi: birinchidan qanday til vazifaning qo‘yilishi uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi, ikkinchidan, dasturchi qaysi tilni yaxshiroq biladi va qaerda uning tajribasi ko‘proq. Ko‘pincha ikkinchi mezon til tanlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, huddi ingliz tilini yaxshi bilgan odam shu tilda bajonidil gaplashgani singari oson kechadi.
Bu bobda dasturlashning eng muhim tillari tarixi va qo‘llanish sohalari ko‘rsatilgan , shuningdek ular bilan bevosita bog‘liq tushunchalar (atamalar) aniq belgilab berilgan.
8.1. Dasturlar va algoritmlar
Dasturlash tili nima ekanligini tushunish uchun, boshlanishiga har ikkala atamani tushunish talab qilinadi
Agar talablar tahlili, ixtisoslashtirilgan reja va dizayn ishlab chiqish fazalari yakunidan so‘ng (2.3.1 bobga qarang, kaskad modeli) amalga oshirish fazasi doirasida dasturiy ta’minotning to‘g‘ridan-to‘g‘ri «ishlab chiqarish» o‘tkazilsa, unda amaliy jihatdan bu foydalanish yordamida yuz beradi.
Dastur deyilganda kompyuter bajarishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish – iqtisodiy yoki tabiiy ilmiy-texnik qo‘yilishini tavsiflovchi komandalar va operatorlar izchilligi tushuniladi.
Ushbu komandalar va operatorlarni rasmiy tanishtirish, jumladan, 3-bobda tushuntirilgan tavsif elementlari yordamida amalga oshiriladi. Dasturiy mantiqiy chizmasi yoki struktura diagrammasidan aniq bo‘ladiki, bundan kompyuterda alohida operatorlar yuzaga keladi va kompyuter uni qadamma-qadam o‘qiydi va bajarib boradi.
Shu tarzda, to‘la tuzilma diagrammasi (Struktogramm), shaklidagi alohida qadamlar tizimi loyihalanadi, u protsessorga qaror qilishning umumiy usulini ko‘rsatib beradi. Bu erda gap algoritm tushunchasi haqida ketyapti.
Algorotimda protsessorni komandalarning aniq rostlangan ketma-ketligida bajariluvchi ko‘pgina oxirgi harakatlarga undaydigan operatorlar tizimi haqida ketadi.
Bunday algoritmlarda masalani echishning foydalanuvchi uchun o‘ziga xos xususiyatlari paydo bo’ladi:
|