Aslida, sharshara modelidagi har bir bosqichning natijasi tasdiqlangan ("imzolangan") bir yoki bir nechta hujjatdan iborat bo’ladi. Keyingi bosqich oldingi bosqich tugamaguncha boshlanmasligi kerak. Yuqori ishlab chiqarish xarajatlarini talab qiladigan apparat ta’minotini ishlab chiqishda bu mantiqan to'g'ri narsa. Biroq, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun bu bosqichlar bir-biriga mos kelishi va ma'lumotlarni bir-biriga etkazib berib turishi lozim. Loyihalash jarayonida talablar bilan bog'liq muammolar aniqlanishi; kodlash paytida loyiha muammolari topilishi mumkin va boshqalar.
Tizimni qayta ishlash zaruriyati sharshara modeli tizimning ayrim turlariga mos kelishini anglatadi:
Dasturiy ta'minot apparat tizimlari bilan o'zaro ta'sir qilishi kerak bo'lgan o'rnatilgan tizimlar. Uskunaning moslashuvchan emasligi sababli, odatda dasturiy ta'minotning funksionalligi bo'yicha qarorlarni u amalga oshirilgunga qadar orqaga qoldirilmasligi lozim.
Dasturiy ta'minot spetsifikatsiyasi va loyihasini xavfsizligi va himoyalanganligining keng qamrovli tahlili talab etiladigan jiddiy tizimlar. Ushbu tizimlarni tahlil qilish uchun uning spetsifikatsiya va loyiha hujjatlari to'liq bo'lishi kerak. Spetsifikatsiya va loyihaning xavfsizligi bilan bog'liq muammolarni, odatda, amalga oshirish bosqichida tuzatish juda qimmatga tushadi.
Bir nechta hamkor kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan kengroq injiniring tizimlarining bir qismi bo'lgan yirik dasturiy ta'minot tizimlari. Tizimlardagi apparat shunga o'xshash model yordamida ishlab chiqilishi mumkin va kompaniyalar apparat va dasturiy ta'minot uchun umumiy modeldan foydalanishni osonlashadi. Bundan tashqari, bir nechta kompaniyalar ishtirok etganda, turli quyi tizimlarning mustaqil rivojlanishi uchun to'liq spetsifikatsiyalar talab qilinishi mumkin.
Sharshara modelining muhim varianti tizimni rasmiy ishlab chiqish bo'lib, unda tizim spetsifikatsiyasining matematik modeli yaratiladi. Keyinchalik, ushbu model izchillikni saqlaydigan matematik ifodalar yordamida bajariladigan kodga aylantiriladi. Rasmiy ishlab chiqish jarayonlari, masalan, B usuli (Abrial 2005, 2010) asosan kuchli himoyalanganlik, ishonchlilik yoki xavfsizlik talablariga ega bo'lgan dasturiy ta'minot tizimlarini ishlab chiqishda qo'llaniladi. Rasmiy yondashuv himoyalanganlik yoki xavfsizlik ishini ishlab chiqarishni soddalashtiradi. Bu mijozlar yoki tartibga soluvchilarga tizim haqiqatan ham xavfsizlik yoki himoyalanganlik talablariga javob berishini ko'rsatadi. Biroq, rasmiy spetsifikatsiyani ishlab chiqishning yuqori xarajatlari tufayli, ushbu ishlab chiqish modeli juda muhim tizim injiniringidan tashqari boshqa hollarda kamdan-kam qo'llaniladi.