Portfolio-tahlil
ABC-tahlil
6.2.1 Portfolio-tahlil
Portfolio-tahlilda tashkilotning foydalanayotgan dasturlari tahlil qilinadi va Portfolio-diagrammaga kiritilgan ikkita mezon bo‘yicha baholanadi (6.4-rasmga qarang):
Texnik sifat
Texnik-iqtisodiy sifat
Har ikkala mezon ikkala tushunchani aniqroq tavsifalashga yordam beradigan yana boshqa mezonlar bilan aniqlashtirishga muhtojdir.
Texnik sifatga quyidagilar tegishli:
Dasturiy kodning modul tuzilishi (o‘qishlilik , o‘zgarishlar kiritishning yangiligi)
Boshlang‘ich kodning strukturalashtirilgan tuzilishi
Testlashtirish imkoniyati
To‘lalik
Ko‘p marotaba foydalanish imkoniyati
Bexatolik
Texnik iqtisodiy sifatga quyidagilar kiradi:
Tashkilot uchun muhimlik
O‘xshashlik
O‘rganish imkoniyati
Chidamlilik
Sifatning aytilgan belgilari o‘zgarmas emas va turli tashkilotlarda bo‘lishi mumkin.
Buni keyingi misolda tushuntirib berish mumkin:
Tashkilot ekspluatatsiyaga 10 ta tizimli dastur kiritadi. Har bir tizimli dastur xizmatining qanday ustunlikda zarurligini aniqlash kerak.
Birinchidan har bir dastur uchun uning texnik sifati uchun ahamiyati va texnik iqtisodiy sifati uchun ahamiyati aniqlanadi. Buni quyidagi rasmda ko‘rsatilgan jadvalda hisoblab chiqiladigan 10 ballik tizim (10-juda yaxshi sifat, 1-juda yomon sifat) bilan aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |