Dasturlash asoslari faniga kirish net arxitekturasi


OYD ning vujudga kelishi va S++ tilining yaratilishi



Yüklə 204,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix06.06.2022
ölçüsü204,72 Kb.
#60801
1   2   3   4   5   6
1-maruza

OYD ning vujudga kelishi va S++ tilining yaratilishi 
1970 yillar oxirida ko‘plab loyihalar S strukturaviy dasturlash tili yordamida qayta 
ishlash uchun oson bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan. Endi bularga 
yangicha munosabat talab qilina boshlandi va ushbu muammoni hal etish uchun 
dastur tuzuvchiga katta hajmdagi dasturlar bilan ishlash imkonini beruvchi ob’ektga 
yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) yaratildi. Garchi, o‘sha vaqtda S eng ommabop til 
bo‘lishiga qaramasdan OYD ni qo‘llab-quvvatlamadi. SHu bois uning ob’ektga 
yo‘naltirilgan (keyinchalik S++ deb atalgan) versiyasini yaratish zaruriyati tug‘ildi.
Bu versiya o‘sha Bell Laboratories kompaniyasining xodimi Bьyarn Straustrap 
tomonidan 1979 yil boshida ishlab chiqilgan. Dastlab yangi til “S sinflar bilan” 
degan nom oldi. Lekin, u 1983 yilda S++ deb qayta nomlangan. Bo‘lib, o‘zida S 
tilini to‘la qamrab oladi (ya’ni, S S++ uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi) va 
ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan yangi 
imkoniyatlarni namoyon qiladi. Aslida S++ S tilining ob’ektga yo‘naltirilgan 
versiyasi hisoblanadi. SHuning uchun S# ni biluvchi dastur tuzuvchi uchun S++ da 
dasturlashga o‘tishda yangi tilni emas, balki faqatgina OYD ning yangi 
konsepsiyasini o‘rganish kifoya qiladi.
S++ tili uzoq vaqt mobaynida sifatga eьtibor bermay, faqat miqdor oshirish, hajmni 
kengaytirish jihatidan rivojlandi. 1990 yillar boshida u ommaviy ravishda qo‘llanila 
boshlandi va katta yutuqlarga erishdi. O‘n yillikning oxirida esa dasturiy ta’minotni 
qayta ishlashda eng keng foydalaniladigan va bugungi kunda ham peshqadamlik 
qilayotgan tilga aylandi. 
SHuni anglash muhimki, S++ ni ishlab chiqilishi yangi dasturlash tilini yaratishga 
intilish hisoblanmaydi, balki mavjud tilni faqatgina etarli darajada muvaffaqiyatli 
takomillashtiryapti va to‘ldiryapti. Bunday qarash, hozirda ham kompьyuter tillarini 
rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarida ham qo‘llanilayapti. 

Yüklə 204,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin