Dasturlash asoslari faniga kirish net arxitekturasi


S# ning .NET Framework bilan aloqasi



Yüklə 204,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix06.06.2022
ölçüsü204,72 Kb.
#60801
1   2   3   4   5   6
1-maruza

S# ning .NET Framework bilan aloqasi 
Garchi S# dasturlash tili sifatida alohida o‘rganilishi mumkin bo‘lsada, lekin uni o‘zi 
ishlaydigan .NET Framework-muhiti bilan o‘zaro aloqasini ko‘rib chiqish 
afzalroqdir. CHunki, birinchidan, S# dastlab Microsoft kompaniyasi tomonidan 


.NET Framework kodini yaratish uchun ishlab chiqilgan, ikkinchidan, .NET 
Framework S# tili tomonidan foydalaniladigan kutubxonani aniqlab beradi. 
Modomiki ular bunday chambarchas bog‘liq ekan, .NET Framework ning umumiy 
konsepsiyasini va uning S# uchun ahamiyatini tushunish muhimdir. 
.NET Framework o‘zi nima? 
Sarlavhada berilgan savolga javob berish, aftidan, .NET Framework deb platforma 
mustaqil izohlarni rivojlantirish va bajarishni qo‘llab-quvvatlovchi muhitni talqin 
qilsa bo‘ladi. U dasturlashning turli tillari izohlarida birgalikda ishlash imkonini 
beradi, shuningdek Windows uchun umumiy dasturlash modellari va dasturlar 
o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi. Ta’kidlash kerakki, .NET Framework Windows 
platformasi tomonidan chegaralanmagan va ushbu platforma uchun yozilgan 
dasturlar kelajakda boshqa platformaga o‘tkazilishi mumkin.
S# tili .NET Framework ning ikki muhim tashkil etuvchilaridan foydalanadi. 
Birinchi – bu tilning ijro etish muhitiga bog‘liq bo‘lmagan (Common Language 
Runtime, CLR), sizning dasturlaringiz ijrosini boshqaruvchi va .NET Framework 
texnologiyasining bir qismi hisoblanuvchi tizim, qaysiki dasturlarga o‘tuvchan 
bo‘lish imkonini beradi, bir qancha tillardan foydalanish bilan dasturlashni qo‘llab-
quvvatlaydi va ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlaydi.
Ikkinchi tashkil etuvchi - dasturlarga ijro muhitiga kirish imkonini beruvchi .NET 
sinflar kutubxonasidir, masalan, ma’lumotlarni kiritish/chiqarish uchun 
foydalaniladi. Agar siz endigina boshlagan dastur tuzuvchi bo‘lsangiz, unda sizga 
sinf tushunchasi notanish bo‘lishi mumkin. Sal quyida biz sinflar to‘g‘risida 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz, hozir shunchaki uqtirib o‘tamizki, sinflar dasturlarni 
tashkillashtirishga yordam beruvchi ob’ektga yo‘naltirilgan konstruksiya 
hisoblanadi. Hozircha sizning dasturingiz xususiyatlar, .NET sinflarining muayyan 
kutubxonasi bilan chegaralangan bo‘lsa, u .NET ijro muhiti qo‘llab-
quvvatlanadigan barcha joyda ishlatilishi mumkin.

Yüklə 204,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin