shiddat bilan rivojlanishi va Internet foydalanuvchilari sonining tez sur’atlarda
o‘sishi, shuningdek dasturlash texnologiyalarining takomillashtirilishini ta’minladi.
Internet ning keng tarqalishigacha yozilgan ko‘plab dasturlar aniq protsessorlar va
muayyan operatsion tizimlar uchun kompilyasiya qilindi. Garchi dastur tuzuvchilar
muvaffaqiyatli dasturlarni yozishda deyarli har doim koddan takroriy foydalanish
savolini bergan bo‘lsalar-da, bu savol birinchi navbatdagisi emas edi. Biroq, Internet
ning (ya’ni kompьyuter tarmog‘i orqali turli xildagi protsessorlar va operatsion
tizimlarni birlashtirish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi) rivojlanishi bilan aynan
dasturni bir platformadan boshqasiga oson o‘tkazish muammosi birinchi rejaga
chiqdi. Bu vazifalarni hal etish uchun yangi til zarur edi va u Java bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, dastlab Java nisbatan oddiy rolь o‘ynadi. U
til platformasiga
bog‘liq bo‘lmagan, o‘rnatilgan kontrollerlar uchun dasturiy ta’minotni yaratishda
qo‘llash mumkin bo‘lgan vosita tarzida yaratildi. 1993 yilda kichik miqyosda
(o‘rnatilgan kontrollerlar uchun) o‘tkazuvchanlik muammolarini hal qilish uchun
foydalaniladigan texnologiyalar katta miqyosda (Internet uchun)
foydalanilishi
mumkinligi ravshan bo‘ldi. Java ning eng asosiy imkoniyati – platformalararo
o‘tkazish kodini yaratish qobiliyati ushbu tilni tez tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Java da o‘tkazuvchanlik dasturning boshlang‘ich kodlarini bayt-kod deb ataladigan
oraliq tilga, keyinchalik Java (Java
Virtual Machine, JVM) virtual mashinasi
tomonidan bajariladigan translyasiya qilish vositasi yordamida erishiladi. SHunday
ekan, Java-dasturi JVM ga ega bo‘lgan ixtiyoriy platformada
ishga tushirilishi
mumkin. JVM nisbatan oson tatbiq etilishi sababli, u ko‘p sonli platformalar uchun
mo‘ljallangan.
Bayt-koddan Java da foydalanish amalda har doim mashina kodlari tomonidan
kompillyasiya qilinadigan S va S++ tillarida kodlarni qo‘llashdan keskin farq qiladi.
Mashina kodi muayyan protsessorlar va operatsion tizimlar bilan bog‘liq, shunga
ko‘ra, S/S++-dasturlarini boshqa platformalarda ishga tushirish uchun dasturning
dastlabki kodini bu platformalarning (ya’ni dasturning bir nechta ijrochi versiyalari
bo‘lishi kerak) har birini mashina kodiga qayta kompillyasiya qilish zarur. Bu ko‘p
mehnat talab qiladigan va qimmat jarayon ekanligi tushunarli. Java da esa elegant
va samarali qaror – oraliq tillardan foydalanish taklif qilingan.
Va bu qaror
keyinchalik S# ga tatbiq etilgan.
YUqorida ta’kidlanganidek, Java mualliflari yangi qarashlari bilan uni S va S++
(Java sintaksisi S ga asoslanadi, ob’ekt modeli esa S++ dan shakllantirilgan )
negizida yaratishdi. Garchi Java-kod S yoki S++ bilan o‘zaro muvofiq bo‘lmasada,
uning sintaksisi mazkur tillar sintaksisidan kelib chiqqan. SHuning uchun S va S++
dan foydalanuvchi dastur tuzuvchilarning katta
qismi Java ga ortiqcha
qiyinchiliklarsiz o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi. S++ ishlab chiqishda Straustrap kabi
Java mualliflariga ham mutlaqo yangi tilni yaratish zaruriyati bo‘lmadi. Ular asos
sifatida oldin ma’lum bo‘lgan tillardan foydalanishdi va diqqatlarini innovatsion
elementlarga jamlay oldilar. Ta’kidlash joizki, Java yaratilganidan keyin S va S++
tillari yangi kompьyuter tillarini yaratish uchun umumqabul qilingan poydevor
bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: