Foydalanuvchi uchun qulaylik tushunchasi ostida 6.1-rasmga muvofiq quyidagi 3 belgi yotadi: o‘xshashlik, o‘rganish imkoniyati va dastlabki shartlar buzilishiga chidamlilik.
Shunday qilib, o‘xshashlilik tushunchasi ostida dasturiy ta’minot tizimining tushunarli, sodda va standart operatsiya muhiti ko‘zda tutiladi. Unga yana dasturni ishlab chiqarishning so‘raladigan talablariga javob berish kerakligi va ma’lumotlarning tushunarli shaklda havola qilinishi ham tegishlidir.
Foydalanuvchi uchun tushunarli qo‘llanma va menyu rejimidagi hissiy boshqaruv o‘rganish imkoniyati tushunchasi ostida berkinadi.
Bardoshlilik shunday ahvolni belgilaydiki, bunda dastur ekspluatatsiya xatolariga qaramasdan, o‘z ortidan tizimning fojiali ravishda ishlashdan bosh tortishi, elektr tarmog‘i buzilishi va asboblar xatolari kabi, tashqi ta’sirlarda esa ma’lumotlar yo‘qolishi va ma’lumotlarning chidamsizligi ham sodir bo‘ladi.
Bexatolik dasturning tasnifi bilan muvofiqligini bildiradi. Ishonchlilik bu dastur to‘g‘ri ishlaydigan ma’lum vaqt oralig‘idir. Foydalanuvchi uchun qulaylikka o‘xshashlik, o‘rganishga imkoniyat va chidamlilik beradi. Chidamlilik xatolarni to‘xtatib qolinishini bildirib va ishonchlilik tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq.
5.3 Xizmat ko‘rsatishning qulayligi
Dasturiy ta’minotning xizmat ko‘rsatishi va kelgusidagi takomillashuvining mufassal bayoni 6 – bobda keltirilgan.
Xizmat ko‘rsatish qulayligi dasturiy ta’minotning kelgusidagi rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liq.
Xatolar sabablarining cheklanishi
Xatolarni tuzatishni amalga oshirish imkoniyati
Dastur vazifalarining to‘ldirilishi yordamida tavsiflash
void BubbleSort(int *Array, int ArrayLength)
{
int x, y;
int temp;
for(x=0;x<=ArrayLength;x++)
{
for(y=0;y<=ArrayLength;y++)
{
if(y < ArrayLength)
{
if(Array[y] > Array[y+1])
{
temp = Array[y];
Array[y] = Array[y+1];
Array[y+1] = temp;
}
}
}
}
}
5.2-rasm. Yaxshituzilmalangan dasturiy kod
void BubbleSort(int *Array, int ArrayLength)
{
int x, y;
int temp;
for(x=0;x<=ArrayLength;x++)
{ for(y=0;y<=ArrayLength;y++)
{ if(y < ArrayLength)
{ if(Array[y] > Array[y+1])
{ temp = Array[y];
Array[y] = Array[y+1];
Array[y+1] = temp;
}}}}}
5.3-rasm. Yomon tarkiblangan dasturiy kod
Xizmat ko‘rsatish qulayliklari ham 3 kichik belgilarga: tushunarlilik, dasturning kehgayishga qobiliyati va testlash imkoniyatlariga bo‘linadi.
Dasturning o‘qilishliligi deganda dasturiy kodning tarkiblashtirilgan dasturlash shartlariga muvofiq ishlab chiqilganligi tushiniladi (6.2 va 6.3-rasmlarga qarang). Hujjatlar yuksak talablarga javob berishi kerak va dasturni nazorat qilish maqsadida asboblar vositasida tahlil qilinishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatish qulayligiga shu xoski dasturning boshlang‘ich kodi yaxlit ishlab chiqilgan va o‘tish operatoraga (GOTO) ega emas. Har bir dasturiy satr faqat bitta operatorga ega bo‘lishi kerak.
Namunali dasturchi eng avvalo dasturchi bilan gaplashmasdan, har doim boshqa dasturchini tushunadi va uning dasturiy kodini ishlab chiqishi mumkin degan tasavvur bilan dasturlaydi. Bu shuni bildiradiki dasturiy kodda dasturchi fikri tarziga, shuningdek o‘zgaruvchan miqdorlar tasnifi bevosita dasturning boshlang‘ich kodida sharhlar satrida hujjatlashtirilgan bo‘ladi.
Hamma gap aynan sharhlarga iltifotsiz munosabatda bo‘luvchi dasturchilarning tabiatidadir. Bu ruhiy tomondan tushuntiriladi, chunki dasturchi o‘z g‘oyalri o‘z algoritmlari va o‘z tuzilmalarini “o‘z tasavvurlari va qarashlari” kabi ko‘rishni yoqtiradi va ularni biron kimsa bilan baholashni sirayam xohlamaydi. Biroq, tajriba shuni ko‘rsatidiki dasturchi shuningdek yana tez unutadi ham. Agar bir necha oy o‘tgach o‘z dasturiy bloklaridan birini o‘zgartirishi yoki kengaytirishi kerak bo‘lsa, u dasturlash paytida eng avval tasavvur qilganlarini qayta tiklash uchun anchagina ko‘p vaqt sarf qiladi. Buni shuni ko‘rsatadiki, tarkiblangan dasturlash va dasturning boshlang‘ich kodidagi puxta hujjatlar nafaqat sifatning muhim belgisi, balki u dasturchining shaxsiy manfaatlariga ham mosdir.
Dostları ilə paylaş: |