Dasturiy ta’minot yoki xato boshqa qo‘llanish sohalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin (mas. Texnologik jarayon ishlab chiqarishga ).
Manfaatdor soha rahbari tomonidan hal qilish va nazorat
Agar tashkilot AT-xizmatlar etkazib beruvchi bilan texnik xizmat ko‘rsatish haqida shartnoma tuzgan bo‘lsa (8.5-bobga qarang), unda bu xarajatlarni rejalashtirish albatta joriy bir martalik buyurtmali hollarga nisbatan xiyla engilroq bo‘ladi.
2-ustun prioriteti bo‘yicha (texnik) xizmat ko‘rsatish vazifalarini rejalashtirishdagi xavf sinflari bo‘yicha dasturiy ta’minotning quyidagi taqsimlanishiga asoslanuvchi hal qilish tamoyiliga amal qilish chuqur ma’noga ega.
Xavf sinflari bo‘yicha tasnif yordamida mayda o‘zgarishlarning tasdiqlash jarayoni va nazorat ostiga olinishidan va bu bilan keraksiz byurokratik chigalliklar harakatga kelishdan saqlanishi kerak.
Texnik xizmat ko‘rsatish vazifalari ustunlik raqamlarini bo‘lish yordamida tasniflanadi. Rejalashtirish, chiqimlarni ko‘rib chiqish va xizmatni o‘tkazish ustunlikka bog‘liq, shu bilan birga faqat tashkilot uchun qiyin bo‘lgan xizmat rejalashtiriladi va oldindan chiqimlarni tahlil qilmasdan topshiriladi. Xizmatning bevosita o‘tkazilishi jarayonining belgilangan uslubiy qadamlari (bosqichlari) ga muvofiq amalga oshiriladi, shu bilan birga dasturiy ta’minotni tushunish uchun kerakli vaqtni hisobga olish lozim bo‘ladi.