Dasturlash asoslari


AT shartnomalar ta’moyillari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə55/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111
Dasturlash asoslari

6.5.1 AT shartnomalar ta’moyillari


Texnik xizmat ko‘rsatish, qo‘llab quvvatlash yoki servis xizmatini ko‘rsatish shartnomasi, har qanday boshqa shartnoma singari xizmatlar ta’minlovchisi (mas. AKT xizmatlari ta’minlovchisi yoki dasturchi) va mijoz o‘rtasidagi majburiyat yuklovchi bitimdir. Xizmat ta’minlovchisi xizmat ko‘rsatish majburiyatini oladi, mijoz esa xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.


Quyidagi elementlar shartnomalarning barcha turlari uchun umumiydir:

  • Xizmat ko‘rsatish ta’minotchisi va mijozni manzili, telefon raqami, elektron pochtasi (E-mail) bilan ko‘rsatish;

  • Shartnoma mavzusi: gap nima haqida borayapti;

  • Xizmat ko‘rsatish ta’minotchisi xizmatlari, masalan, ma’lum vaqt oralig‘ida telefon yordami;

  • Shartlashayotgan tomonlarning huquq va burchlari: bunda xizmatlar aniqlashtiriladi, xizmat ko‘rsatish tartibi bayon qilinadi va masalan mijoz tomonidan yordam berish majburiyati tartibga solinadi;

  • Shartnomaning kuchga kirishi shartnomaning amal qilish va uning bekor qilinishi;

  • Haq to‘lashning tartibga solinishi;

  • Barcha shartlashayotgan tomonlar imzolari.



6.5.2 Qo‘llab quvvatlash shartnomasi (Hotline)


Qo‘llab quvvatlash shartnomasi yoki Hotline-bitim foydalanuvchining ekspluatatsiyasi davomida dasturchining yoki AKT xizmati ta’minotchisining yordamini olishini boshqaradi. Bu yordam, qoida bo‘yicha, telefon orqali yoki elektron pochta bilan amalga oshiriladi. Foydalanuvchiga yordamning alohida turi, mas., Microsoft Netmeeting yordamida Remote Desktop (uzoqlashtirilgan ish stoli) bilan ishlashdir. Bunda xizmatlar ta’minotchisi foydalanuvchinnig Desktop iga ro‘yhatga yoziladi, unnig roziligi bilan masofali nazoratni vaqtincha qarz olib turadi va shunday qilib nafaqat ma’lum xizmatkor va ish usullarini tushuntirib bera oladi, balki bevosita ularni ko‘rsatib beradi.


Hotline-bitim «xizmatlari, huquq va burchlari» bo‘limida quyidagilar tartibga solinadi:

  • Narsa (predmet) - bu qanday dasturlar bo‘yicha yordam ko‘rsatayapti deganidir;

  • Xizmat ta’minotchisiga yeta olish (telefon, e-mail);

  • Maxsus to‘g‘ri chiziq bo‘yicha aloqa vaqti (masalan, s 08.00 dan 16.00 gacha);

  • Maxsus to‘g‘ri chiziq bo‘yicha aloqa hajmi (masalan, 1 oyda 10 soat)

  • Xizmat ta’minotchisining javob qaytarilish vaqti (masalan, Hotline-rasmiy talabidan so‘ng ikki soat davomida);

  • Mijoz dasturiy ta’minotining shart-sharoitlari, masalan, Remote Desktop yordamida;

  • To‘lov (Har oy uchun yoki bajarilgan ish hajmiga bog‘liq ravishda).

Foydalanuvchilar, ko‘pincha Hotline ning “dolzarb” yo‘li orqali o‘qitishni talab qilishga moyildir. Biroq yordamning mohiyati o‘qitilgan foydalanuvchiga joriy ish davomida yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Bu o‘rinda AKT xizmat ta’minotchisi mijozning xodimlari dasturiy ta’minot ekspluatatsiyasini o‘rgangan bo‘lishlari haqida qayg‘urishi va yordam shartnomasida Hotline hajmini chegaralash yordamida tegishli kafolatlarini ko‘zda tutishi kerak.



Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin