Dasturlash asoslari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə57/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111
Dasturlash asoslari

Shartnoma mavzusi
Shartnoma mavzusi xizmat ko‘rsatishga loyiq dasturiy ta’minotdir. Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi shuningdek namunali shartnoma kabi tuzilishi, xizmat qilishi lozim bo‘lgan dasturlar esa shartnomaga ilova sifatida alohida sanab o‘tilishi mumkin. Bu shartnomani xizmat ko‘rsatishini engillashtiradi, shuning uchun dasturiy ta’minot hajmi yoki xizmat qilishi lozim bo‘lgan dasturlar o‘zgargan holda, yana yangidan umumiy shartnoma tuzushiga zarurat yo‘q, balki shunchaki ilovani dolzarblashtirishgina kerak boladi.

Xizmatlar odatda



  • Xatolarni bartaraf qilish;

  • Dasturiy ta’minotning qonuniy o‘zgarishlarga moslashuvi;

  • Xizmatlarning yaxshilanishi va to‘ldirilishi (kengaytirilishi);

  • Service Packs-xizmat paketlarining oraliq o‘zgarishlarini etkazib berishini;

  • Asosiy o‘zgarishlarni (mas. Yangi operatsiya tizimidagi) etkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Jumladan kelgusi aniq o‘zgarishlarning bo‘lg‘usi xizmatlari kelishib olinadi.
Agar maxsus to‘g‘ri chiziq bo‘ylab aloqa (Hotline) yoki maslahat kabi xizmatlar kelishib olinadigan bo‘lsa, unda ularni vaqt bo‘yicha chegaralash maqsadga muvofiq (masalan, 1 oyda 10 soat Hotline va 10 soat maslahat).
Shuningdek, bu erda dasturiy ta’minotning boshlang‘ich kodi betaraf muassasada (masalan notarus) qoldirilishi haqida farmoyish berilishi kerak. Bu, masalan, dasturni ishlab chiqaruvchi bankrotga uchragan holda joriy qilingan dasturiy ta’minot mijoz ixtiyorida qolishi uchun mijozni kafolatlash ehtiyojiga xizmat qiladi.


Huquq va majburiyatlar

  • “Huquq va majburiyatlar” bo‘limida xizmatni o‘tkazish jarayoni, shuningdek, AKT xizmati ishlab chiqaruvchisining kafolatlari tartibga solinadi.

  • Odatdagi tarkib quyidagicha:

  • AKT xizmati ta’minotchisi dasturiy ta’minotning ishga yaroqliligini kafolatlaydi;

  • Foydalanuvchi ma’lumotlar himoyasini ta’minlashni ta’minlaydi;

  • Foydalanuvchiga dasturiy ta’minotni mustaqil o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi;

  • Foydalanuvchi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha harakatlar uchun mashina vaqtini taqdim qiladi;

  • Foydalanuvchi uzoqlashtirilgan xizmat uchun modem kirish yo‘li yoki VPN-tunelini (agar bu kelishilgan bo‘lsa) ishga soladi;

  • Shartnoma sirini oshkor qilmaslik ikki tomonlama majburiyat belgilab olinadi;

  • Bu bo‘limda shuningdek xizmat ko‘rsatish vaqti va reaksiya javob vaqti kelishilgan bo‘lishi kerak.

  • Javob vaqti – bu foydalanuvchining xati haqidagi xabari bilan xatoni bartaraf qilishning boshlanishi o‘rtasidagi xatdir. Ba’zi bir shartnomardagi “kengaytirish senariylari”da javobning tegishlicha har xil vaqtlari bilan ajratiladi.

  • Qurshab oluvchi xatolar (javob vaqti 24 soatdan kamroq)

  • Fojeali xatolar

  • Tashqi turdagi nuqsonlar

Xizmat ko‘rsatish vaqti- bu xato haqidagi xabar qabul qilinadigan va ishlov beriladigan vaqt. Qoidaga ko‘ra, u byuroning odatdagi ish vaqtiga mos keladi. Bir nechta smena bilan (almashuv bilan) ishlaydigan ishlab chiqaruvchi korxonalarda ko‘pincha kunu-tun xizmat ko‘rsatish ma’qul. Bu alohida kelishib olinishi kerak.



Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin