6.4 Dasturiy ta’minot hujjatlari
Ko‘pincha hujjatlashtirishga mensimay munosabatda bo‘lishadi, biroq aynan dasturiy ta’minot xizmatida u xatolarni qidirib topish va statistik baholarni o‘zgartirish hamda qayta ishlab chiqish uchun muhimdir.
Dasturchilar uchun maqbullik mulohazalar nuqtai-nazaridan dasturiy ta’minotning kuzatib boruvchi (xizmat ko‘rsatish) hisobot tizimi imkoni boricha sodda va quyidagi elementlarga ega bo‘lishi kerak.
Identifikatsiya raqami / xizmat raqami;
Dastur va modulning nomi;
Dasturchi;
Bildirilgan vaziyat;
Xizmatga buyurtma sanasi;
Xizmatning boshlanish sanasi;
Xizmatning tugash sanasi va ekspluatatsiyaga kiritish;
Xizmat ko‘rsatish sababi / o‘zgarishlar;
Xizmatning qisqacha tavsifi / o‘zgarishlar;
Avval boshidan baholangan mehnat xarajatlari;
Haqiqiy mehnat xarajatlari;
Xizmat ko‘rsatish dahl qilgan dasturlar, modullar / o‘zgarishlar;
Boshqa eslatmalar.
Hisobot tuzilgandan keyin xizmat samaradorligi baholanishi mumkin. Xarajatlarni tahlil qilish uchun xizmatning o‘rtacha davomiylikda ishlashiga baho berishni amalga oshirish mumkin.
6.5 Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bitim
Ma’lumotlarga zamonaviy ishlov beruvchi tashkilot apparat vositalarining va dasturiy ta’minotning beto‘xtov ishlashini ta’minlab turadi. Agar, misol uchun, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda apparat vositalari yoki dasturiy ta’minot safdan chiqsa, unda mahsulotni to‘la ololmaslik natijasida juda tez yuqori xarajatlar yuzaga keladi va ular ma’lumotlarning ishlash dasturi bahosini oshirib yuborishi mumkin. Texnik xizmat ko‘rsatish bitimi mavjudligidan tashkilot tegishlicha malakali AKT xizmati etkazib beruvchi yoki dasturchining zimmasiga ma’lumotlarga ishlov berish dasturining beto‘xtov ishlashi uchun jon kuydirish va buning uchun javobgarlikni yuklaydi.
Texnik xizmat ko‘rsatish haqidagi bitimlarning quyidagi turlari ajratiladi:
Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi dasturiy ta’minotning ushbu bobda bayon etilgan tahrirlovchi, takomillashtiruvchi, moslashtiruvchi xizmatga tegishlidir. Apparat vositalari, shuningdek shartnomaga kiritilishi yoki alohida shartnomada ko‘zda tutilishi mumkin.
Qo‘llab-quvvatlash shartnomasi dasturiy ta’minot ekspluatatsiyada foydalanuvchining telefon orqali, xat orqali yoki shaxsan qo‘llab quvvatlashiga oiddir (Hotline). Qo‘llab quvvatlash va xizmat ko‘rsatish bir-biridan mustaqil bitta shartnomada birga qo‘shila oladigan ikkita alohida sohani bildiradi.
Servis xizmati shartnomasi-bu texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlash shartnomasining o‘zaro uyg‘un birikmasidir.
Foydalanuvchilar ko‘pincha xizmat ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlashni farqlay olmaydilar, shuning uchun AKT xizmati ta’minlovchilari ko‘pincha bitta servis xizmati shartnomasida har ikkala xizmatni taklif qiladi. Ushbu bobda yolg‘iz dasturiy ta’minot xizmatiga oid bo‘lishiga qaramasdan bundan keyin qo‘llab-quvvatlash shartnomasi (Hotline- shartnoma) sohasi qisqacha tasvirlab beriladi.
Dostları ilə paylaş: |