Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalarining bundan keyingi mazmuni (shartnomaning kuchga kirishi, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomaning bekor qilinishi) umumiy AT – shartnomalariga muvofiq keladi. To‘lov sifatida paushal miqdor yoki xizmat qilishi lozim dasturiy ta’minotning xarid narxidan foiz miqdori qabul qilingan va AQSHda kelishilgan xizmatlar hajmiga bog‘liq ravishda xizmatga yillik to‘lov sifatida dasturiy ta’minot narxining 8 %idan 25 % igacha miqdori qabul qilingan.
Xizmat uchun to‘lovni oldindan undirish va AKT xizmat ta’minotchisi foydalanuvchi tomonidan to‘lov kechiktirilgan holda xizmatni cheklashi yoki to‘xtalishi mumkinligi haqida kelushuv to‘g‘risida shartlashib olish tavsiya qilinadi.
Shartnoma bitimlarining texnik dasturiy ta’minoti (tahrirlovchi, takomillashtiruvchi va moslashtiruvchi) xizmat ko‘rsatish shartnomalari va qo‘llab quvvatlovchi (foydalanuvchi yordami Hotline) shartnomalari farq qiladi. Servis xizmati ko‘rsatish shartnomalari xizmat ko‘rsatishdan ham, yordam ko‘rsatishdan ham iborat. Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari mijozni foydalanilayotgan dasturiy ta’minot ishlash layoqati bilan ta’minlaydi va dasturiy ta’minot xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish va xarajatlari byudjetini tuzish uchun yaxshi asos bo‘ladi.
6-bobga oid nazorat savollari
1. Dasturlarni texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasining komponentlari qanday bo‘ladi?
2. Portfolio-tahlil nima?
3. Texnik xizmat ko‘rsatish bosqichlari va masalalari nimadan iborat?
4. Dasturlarni xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy harakatlari nimadan iborat?
7. DASTURIY TA’MINOT BO‘YICHA HUJJATLAR (DASTUR TAVSIFI)
O‘quv maqsadi
O‘quvchi dasturiy ta’minot bo‘yicha turli xildagi hujjatlarni yaxshi o‘zlashtirdi va misollar asosida alohida turlar o‘rtasidagi tafovutlarni tushintirib berishi mumkin.
Tarkibi
Foydalanuvchi hujjatlari (installatsiya / ekspluatatsiya)