10.1. O‘zgaruvchi nomlari
O‘zgaruvchilar o‘qishga qulay va birqancha ko‘rgazmali bo‘lishi uchun qandaydur ma’noga ega bo‘lgan nomlar beriladi. O‘zgaruvchilar nom berishda bir nechta qoidalar mavjud:
O‘zgaruvchi nomi 255 dan oshmagan belgilardan iborat bo‘lishi mumkin;
O‘zgaruvchi nomi ixtiyoriy harf va raqamlardan tashkil topishi mumkin;
O‘zgaruvchi nomining birinchi belgisi harf bulishi shart;
O‘zgaruvchi nomida probellar bo‘lmasligi kerak;
O‘zgaruvchining nomi uzunligi unikal va ko‘rish chegarasidan oshmasligi kerak.
Masalan, o‘zgaruvchi nomlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: CurrentNum, Total, Date_of_birth. Navbatdagi o‘zgaruvchi nomlari bo‘lishi mumkin emas: 1Time, $Total, Date of birth.
Ma’lumotlarning turiga qarab o‘zgaruvchi nomlarining prefikslari tavsiya qilinadi. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan:
Ma’lumotlarning turi
|
Prefiks
|
Misol
|
Boolean
|
bin
|
binSuccess
|
Currency
|
cur
|
curPrice
|
Date
|
dtm
|
dtmFinish
|
Double
|
dbl
|
dblSum
|
Integer
|
int
|
intQuantity
|
Long
|
Ing
|
IngTotal
|
Single
|
sng
|
sngLength
|
String
|
str
|
strLastname
|
Variant
|
vnt
|
vntValue
|
10.2. Ma’lumotlarning turi
Visual Basic dasturiy muhitida quyidagi ma’lumlarning asosiy turlarini ishlatishingiz mumkin:
sonli (Integer, Long, Single, Double, Currency);
qator (String);
sana (Date);
mantiqiy (Boolean);
ixtiyoriy (Variant);
Ma’lumotlarning asosiy turlarining jadvali
Ma’lumotlar-ning turlari
|
O‘lchami (baytlarda)
|
Qiymatlar diapazoni
|
Misollar
|
Integer
(Butun)
|
2 bayt
|
–32 768 dan + 32 767 gacha
|
Dim intX as Integer
intX = 23546
|
Long
(Uzun butun)
|
4 bayt
|
-2 147 483 648
dan
+2 147 483 647 gacha
|
Dim lngY as Long
lngY = 1000000
|
Single
(Bir karra aniqlikdagi siljuvchi nuqtali o‘nlik son)
|
4 bayt
|
-3.402823Е38 dan +3.402823Е38 gacha
|
Dim sngA as Single
sngA = 4.781
|
Double
(Ikki karra aniqlikdagi siljuvchi nuqtali o‘nlik son)
|
8 bayt
|
-1.79769313486 232D308 dan +1.79769313486232D308 gacha
|
Dim dblB as Double
dblB = 1.00000000001
|
Currency
(Pullik)
|
8 bayt
|
-922337203685 477.5808 dan +922337203985477.5807gacha
|
Dim curM as Currency
curM =25456.20
|
String
(Qator)
|
har bir belgi
1 bayt
|
1 dan 1 65535 belgigacha
|
Dim strS as String
strS = “Basic”
|
Boolean
(Mantiqiy)
|
2 bayt
|
True (Rost) yoki
False (Yolg‘on)
|
Dim binL as Boolean
binL = True
|
Data
(Sana)
|
8 bayt
|
January-1-100 (1.01.0100) dan
December-31-9999 gacha
|
Dim dtmD as Data
dtmD = #03-08-2005#
|
Variant
(Variant)
|
16 bayt (son uchun)
22 bayt + bitta belgi 1 bayt
(qator uchun)
|
Barcha turlar uchun
|
Dim vntV
vntV = 13.45
yoki
vntV = “Техт”
|
10.3. O‘zgaruvchilarni e‘lon qilish
Visual Basic dasturlash muhitida o‘zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagi sintaksis bo‘yicha amalga oshiriladi:
Dim O‘zgaruvchiNomi [As Ma’lumotlar_turi]
Quyidagicha misollarni keltirish mumkin:
Dim bInSuccess As Boolean
Dim strLastname As String, dblSum As Double
Fiksirlangan uzunlikdagi qatorlarni e’lon qilish uchun quyidagi sitaksis ishlatiladi:
Dim O‘zgaruvchinomi As String * O‘zgaruvchi_uzunligi
O‘zgaruvchi_uzunligi parametri belgilarning maksimal sonini ko‘rsatadi. (*) belgisi esa o‘zgaruvchi uzunligining fiksirlanganligini ko‘rsatadi.
O‘zgaruvchilarni aniq turda e’lon qilish orqali dastur translyatsiyasi rejimini o‘rnatish tavsiya etiladi. Buning uchun modulning boshida Option Explicit (Aniq turda e’lon qilish) operatorini kiritish kerak.
10.1-rasm
Bu operatorni Visual Basicning dastur oynasidagi barcha modullarga avtomat ravishda qo‘shish uchun Tools (Servis) menyusidagi Options (Parametrlar) buyrug‘I bajariladi. Options muloqot oynasi ochiladi va undagi Editor ilovasining Require Variable Declaration jumlasi to‘g‘risiga bayroqcha (flajok) o‘rnatiladi.
10.2-rasm
Agar Option Explicit operatorini modulga kiritmasangiz, unda siz o‘zgaruvchini noaniq e’lonidan foydalanishingiz mumkin. Bunday holatda o‘zgaruvchining turi birinchi o‘zlastirish operatoridayoq aniqlanadi va shu vaqtning o‘zida o‘zgaruvchiga xotiradan joy ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |