Dasturlash asoslari


Command1 buyruq tugmasining xossalarini o‘zgartiramiz. Buning uchun Command1



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə86/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   111
Dasturlash asoslari

Command1 buyruq tugmasining xossalarini o‘zgartiramiz. Buning uchun Command1 tugmasiga sichqoncha yordamida bosamiz va Caption xossasiga “Matnni chiqarish” jumlasi kiritiladi.

  • Ob’yektning kodlari oynasidagi (Code) Private Sub va End Sub qatorlar orasiga “Salom olam” jumlasini matnli blokga chiqaruvchi dastur matnini kiritamiz. Bu dastur matni Text1 ob’yektining Text xossasini o‘zgartiradi va quyidagi ko‘rinishga ege bo‘ladi: Text1.Text = “Salom olam!”




    9.47-rasm



    9.48-rasm
    8. Command2 buyruq tugmasining xossalarini o‘zgartiramiz. Buning uchun Caption xossasiga “Ishni yakunlash” jumlasi kiritiladi.

    9. Command2 ob’yektining kodlar oynasidagi (Code) Private Sub va End Sub qatorlar orasiga dastur ishini yakunlovchi End buyrug‘ini yozamiz.





    9.49-rasm
    10. Dasturni ishga tushirish uchun asosiy menyudagi Run bo‘limidan Start buyrug‘I tanlanadi yoki asboblar panelidagi uchburchaklikli tugma bosiladi.



    9.50-rasm
    11. Ekranda biz yaratgan dastur ilovasi chiqadi. “Matnni chiqarish” tugmasini bosamiz va ekranda quyidagicha natijani olamiz:



    9.51-rasm


    2-misol: “Zarlarni tashlash”

    Navbatdagi dastur yordamida biz boshqarish paneli elementlarini ishlatishni o‘rganamiz:


    Formada “1” dan “6” gacha bo‘lgan butun sonlar chiqadigan ikkita belgi ob’yekti yaratiladi – o‘yin zarlarni tashlash imitatsiyasi. Rnd datchigi yordamida tasodif sonlar olinadi. Agar ikkita sonning yig‘indisi 6 dan katta bo‘lsa, yutuq haqida xabar va unga mos tasvir chiqadi, aks holda – yutqazganligi haqida xabar va boshqa tasvir chiqadi.
    Dasturdagi a va b o‘zgaruvchilarining tahlili, yutuq shartini tekshirish operatori, Rnd funksiyasi darslikning kelasi boblarida keltirilgan. Shu sababli dastur kodiga kiritiladigan buyruqlarni o‘zgarishlarsiz o‘tkazish tavsiya etiladi. Hozircha bizni “Belgi” (Label) va “Tasvir” (Image) kabi ob’yektlarni yaratish e’tiboringizga jalb qilinadi.
    1. Visual Basicni ishga tushiramiz va yangi standart ilova yaratamiz.
    2. Boshqarish panelining “Belgi” (Label) ob’yektini tanlab olamiz. Formada belgini chizamiz. Label1 ob’yekti yaratiladi va shunga uxshash yo‘l bilan Label2, Label3 belgi ob’yektlari yaratiladi.
    3. Boshqarish panelidan buyruq tugmasi (Command Button) tanlanadi va uni formada chizamiz (Command1). Yana bitta buyruq tugmasi yaratilib, formada chizamiz (Command2).
    4. Boshqarish panelidan “Tasvir” (Image) tugmasi tanlanadi. Formaga tasvirni joylashtirish uchun unga oyna yaratiladi. Bu amallarni bajargandan keyin forma quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:



    9.52-rasm

    5. Label1, Label2, Label3 ob’yektlarining Caption xossasi (xossalarning mos maydonlari tozalanadi) va Command1, Command2 ob’yektlarining ham Caption xossasi (tugmalar nomini yozish orqali) о‘zgartiladi. Mazkur ob’yektlarning barobarlashtirish va shrift xossalri o‘zgartiriladi. Tasvir (Image) ob’yektining “Cho‘zish” (Stretch) xossasini ham o‘zgartiramiz. Bu xossasini o‘rnatilayotganda uning True qiymatida kartina tasvir oynasida aniq chiziladi.


    6. Command1 buyruq tugmasiga quyidagicha dastur kodi yoziladi:

    Private Sub Command1_Click()


    Dim a, b
    Label1.Caption = Int(Rnd * 6) + 1
    a = Int(Label1.Caption)
    Label2.Caption = Int(Rnd * 6) + 1
    b = Int(Label2.Caption)
    If a + b > 6 Then
    Label3.Caption = "УРА!!! Siz yuttingiz!!!"
    Image1.Picture = LoadPicture("c:\Image\smile.gif")
    Else
    Label3.Caption = " Afsus... Siz yutqazdingiz..."
    Image1.Picture = LoadPicture("c:\Image\cry.gif")
    End If
    End Sub
    Bu dasturning kodida Label1.Caption = Int(Rnd * 6) + 1 qatorida 0 dan 5 gacha bo‘lgan intervaldagi tasodifiy butun sonni hisoblaydi, 1 ga oshiradi, olingan qiymat esa Label1 ob’yektining Caption xossasiga o‘zlashtiriladi

    Yüklə 2,09 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   111




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin