Dastlabki qatordagi harf registrlarini kattasiga o‘zgartiradi
Bu funksiyalarning birnechtasini qarab chiqamiz:
Str funksiyasi. Str() funksiyasi sonli qiymatlarni qator ko‘rinishiga o‘zgartiradi. Funksiyaning sintaksisi: Str (Sonli ifoda). Sonli ifoda o’zgarmas, o‘zgaruvchi, matematik operator va funksiya bo‘lishi mumkin,
Valfunksiyasi. Val() funksiyasi simvolli qatorni sonli qiymatlarga o‘zgartiradi. Funksiyaning sintaksisi: Val (Simvolli qator) Simvollar qatorini songa o‘tkazishda barcha qatorda chapdan o‘nga qarab joylashgan raqamli simvollar hisobga olinadi. Qatorning boshida va oxiridagi probellar tashlab ketiladi. Qator ichiga probellar qo‘yish mumkin emas. Agar ifodaning birinchi belgisi raqam bo‘lmasa, Val funksiyasi nol qiymatini qaytaradi.
LTrim funksiyasi. Simvolli qatorning boshidagi probellarni olib tashlaydi. Sintaksisi: LTrim(Simvolli_ifoda)
RTrim funksiyasi. Simvolli qatorning oxiridagi probellarni olib tashlaydi. Sintaksisi: RTrim(СимвольноеВыражение)
Trim funksiyasi. Simvolli qatorning boshida va oxiridagi probellarni olib tashlaydi.
Sintaksisi: Trim(Simvolli_ifoda)
Left funksiyasi. Chap tomondan boshlab qatorni ajratib oladi. Sintaksisi: Left(Simvolli_ifoda, Simvollar_soni)
Right funksiyasi. O‘ng tomondan boshlab qatorni ajratib oladi. Sintaksisi: Right(Simvolli_ifoda, Simvollar_soni)