10-Bobga oid savollar
1)Vizual Basicda ma’lumotlar tarkibi va turlarini qanday sinflarga bo’lish mumkin?
2)Vizual Basicda o’zgaruvchilar qanday e’lon qilinadi?
3)Vizual Basicda qo’zgaruvchilarga qiymatlarni o’zlashtirish qanday amalga oshiriladi?
4)Varianta turidagi o’zgaruvchilarni ishlatish afzalliklari nimadan iborat?
5)Varianta turidagi qiymatlarni ichki tasavvurini tushuntirib bering.
6)O’zgarmaslar va ularni e’lon qilish qanday amalga oshiriladi?
7)Asosiy matematik operatorlar.
8)Vizual Basicning matematik funksiyalari.
9)Solishtirish va mantiqiy operatorlar.
10)Qatorlar bilan ishlash funksiyalari.
11)Massivlar.
12)Protseduralar va funksiyalar.
11. DASTURNI BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH TUZILISHI 11.1. Izohlar
Izoh dastur matniga tushuncha berish uchun ishlatiladi. Dastur matniga izoh kiritish uchun qatorning boshiga yoki izoh kiritilayotgan matn boshiga (') belgisi kiritiladi. Bu belgidan keyin kelgan ixtiyoriy mant izoh deb qabul qilinadi, ya’ni Visual Basic ularni transliyatsiya qilmaydi. Masalan,
' Qator boshidan boshlanuvchi izoh
X= Sin(a) + Cos(b) ' Bu operatordan keyin izoh
11.2. Operatorni birnechta qatorga joylashtirish
Agar operator katta uzunlikga ega bo‘lsa, uni qatorni davom etish belgilaridan foydalanib, bir nechta qatorga bo‘lish mumkin. Bu belgilar probel va pastki chiziq (_) hisoblanadi.
Masalan, familiya, ism va sharflarni birlashtiruvchi qatorni bir nechta qatorga joylashtiramiz:
strName = strFamaly & strName & strFatherName
Buni quyidagicha yozish mumkin:
strName = strFamaly _
& strName & strFatherName
Qoida bo‘yicha dasturni yozishda operatorlar aloqida qatorga joylashtiriladi. Agar operatorlar unchalik katta bo‘lmagan uzunlikga ega bo‘lsa, Visual Basic ularni bitta qatorga oralarida ikki nuqta bilan yozishga imkon beradi.
Masalan: x = a + b : y = c – d : z = a*b
Dostları ilə paylaş: |