Dim(, ,... )As
Bunda qavsda ko‘rsatilgan kattaliklar , va hokazolar massiv kattaligini - indekslar soni shu indeks uchun maksimal mumkin bo‘lgan qiymatni beradi. Bunda massivning elementlar indeksatsiyasi o‘rnatilgan bo‘yicha noldan boshlanadi. Shunda Dim Arrayl(9) as integer ni e’lon qilinishi butun tipdagi o‘zgaruvchi bo‘lgan 10 elementdan iborat bir o‘lchovli massivni aniqlaydi.
Dim Array2(4, 9) as Variant ning e’lon qilinishi esa Variant universal tipidagi o‘zgaruvchi bo‘lib (5*10) ellik elementdan iborat ikki o‘lchovli massivni aniqlaydi. Pastki chegaralar standart qiymati sifatida mumkin bo‘lgan qiymatlar indeksi uchun faqatgina nol qo‘llanishi mumkin. Bu standart qiymatni operator Option Bass yordamida o‘zgartirish mumkin. Agar modul boshiga Option Bass 1 operatorni joylashtirsak, u xolda massiv elementlari indeksatsiyasi o‘rnatilgan bo‘yicha noldan emas, birdan boshlanadi.
Massiv e’lon qilinganda faqatgina indeksning yuqori chegarasini emas, balki uning pastki chegarasini ham ko‘rsatish mumkin, ya’ni massivning konkret indeksining diapazon o‘zgarishi beriladi, bunda chegara ixtiyoriy butun son bo‘lishi mumkin, nomanfiy bo‘lishi shart emas.
Mana bu aniqlashning sintaksisi:
Dim(to,... ) As
Masalan, agar siz meteorologik ma’lumotlar massivi bilan ishlamoqchi bo‘lsangiz, oxirgi ikki xafta ichidagi o‘rtacha kunduzgi xarorratni ko‘rsatuvchi, u xolda massivning quyidagi aniqlanishi qulay bo‘ladi:
Dim Temperature(-14 to 0) As Single
Bunda, masalan temperature(-2) o‘tgan kungi xaroratga to‘g‘ri keladi, kerakli indeksni aniqlash uchun esa sizni qiziqtirayotgan kun uchun kerakli sana farqidan foydalanish kifoya.
Yuqorida ko‘rilgan misollarda gap massivning mustaxkam o‘lchovlari xaqida borgan edi, unda elementlar soni massivning operator Dim tavsifida aniq ko‘rsatilgan. Bunday massivlar statik massiv deyiladi.
VB da dinamik massivlar ham qo‘llanilishi ruxsat etiladi, bunda ularning o‘lchamlari tavsifi qayd etilmaydi. Dinamik massiv o‘lchamlari muayyan dastur bajarilayotganda o‘rnatishimumkin.
Dinamik massiv aniqlanayotganda operator Dim da massiv nomidan so‘ngbo‘sh qavslar turadi va o‘zgaruvchan tipi tavsifi keladi. Indekslar soni va ular o‘zgarishining diapazoni berilmaydi. Lekin massiv foydalanilishidan oldin, operator ReDim bajarilishi kerak, u dinamik massiv indeksining o‘lchamlari va diapazon o‘zgarishini beradi.
Dinamik massivning e’lon va o‘lchamlari aniqlashining sintaksisi:
Dostları ilə paylaş: |