Top down usulining yuzaga kelishi mumkin muammolari tufayli bu yondashuvga alternativlar ko‘rib chiqsa arziydi.
Bugun Bottom Up ishlab chiqish yo‘nalishidagi boshqa bir usul tez-tez qo‘llanilmoqda. Bu avvaldan mavjud bo‘lgan kompyuter tizimidan nima kelib chiqishini bildiradi va vazifaning qo‘yilishi nuqtai nazaridan “orqaga qaytib ishlab chiqiladi”.
“Yuqoridan pastga” yo‘nalishida avval funktsiyalar va nimdasturlar (qismiy dastur) ishlab chiqiladi va tayanch mashinasi yaqinida joylashgan modullarga olib boriladi. Tegishli ravishda eng yuqori darajadagi modullarning keyingi ma’lumotlari orqali endi bu o‘rinda qo‘yilgan vazifani hal qilish uchun qadamma-qadam dastur hosil bo‘ladi. Belgilangan sharoitlarda kompyuter tizimi bilan bir qatorda dasturlashda foydalaniladigan tili shuningdek, ishlab chiqarilayotgan dasturning tuzilishini belgilab beradi.
O‘zining mohiyati bilan Bottom Up dasturiy ta’minotdan ko‘p marotaba foydalanish nazariyasiga borib taqaladi. Turli xil foydalanuvchilar, ayniqsa AQSH va Yaponiya edi yirik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari tajribasidan kelib shu chiqadiki, bunda mavjud dasturiy ta’minot bir oz vaqt o‘tgach o‘z hayotiy siklini davom ettirishi uchun jiddiy ravishda qayta ishlanishi yoki tozalanishi kerak. Bu usul bilan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish yoki dasturni kuzatib borish uchun tashabbus ko‘pincha avvaldan mavjud tizimlardan kelib chiqadi. Buni esa Bottom Up usuli qo‘llab quvvatlaydi.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish amaliyotida pragmatik yondashuv ham mavjud: shunday ifoda topiladiki, dasturchining harakat usullari Bottom Up va Top Down nazariyalarini birlashtirishdan iborat bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ishlanmani yaratishni yagona usuli mavjud emas. Har bir dasturchi vazifaning turiga bog‘liq holda turlicha yondashuvlardan foydalanadi. Bundan kelib chiqadi-ki, dasturiy ta’minot ishlab chiqish uchun instrument vositasi yoki harakat usuli nazariyalari aralashmasi usulidan foydalanishni talab etadi.
Agar dasturchi talablarni hal qilishda mavjud dasturiy ta’minotga murojaat qilsa, dizayn fazasida Bottom Up usulining qo‘llanishi doim bir xil bo‘ladi. Amalda dizayn fazasidan kelib chiqadigan tizim tasnifi ko‘proq Top Down va Bottom Up ishlanmalari yo‘nalishining aralashmasi sifatida qo‘llanadi.
Modulyarlashdan so‘ng va Top Down yoki Bottom Up yondashuvlari qat’iy nazar dastur dizayni nihoyasida natija sifatida tizim tasnifiga ega bo‘ladi. Bu erda yana bir marta tasnifning tarkibiy qismlari umumlashtirilgan bo‘ladi:
Kompyuter tizimi tayanch mashinasini mufassal tavsiflash.
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqarish uchun zarur modullar haqidagi umumiy tasavvur va quyidagilarni biri ko’rinishida bo’ladi:
- modul-vazifalari
- modul-interfeyslari va
- modul-bog‘liqliklari
Hozircha dasturlash tilidagi algoritimning jarayonlar yoki ma’lumotlarning muayyan tuzilishi kabi realizatsiya qilishning aniq jihatlaridan qochish kerak. Chunki birinchi navbatda ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning xususiyatlarini yaratish kerak. Dizayn fazasi natijalarining rasmiy tavsifi uchun tasnif va hujjatlarni tuzish uchun xizmat qiladi, (bu ma’lumotlar 3-bobda bayon qilingan). Hujjatlashtirishni olib borishning bundan keyingi ko‘rsatmasi ushbu qo‘llanmaning 8-bobida va ma’lumotlar bazalarini yaratish asosida ko‘rsatiladi (mas. ob’ekt-munosabat modeli ma’lumotlarning relyatsion bazasida Entity-Relationship-Modell).