1.3.1.5 Top Down ishlab chiqish yo‘nalishi
Dasturiy ta’minot asosida qismiy masalalar yotgan bo‘lib, ular masalaning umumiy qo‘yilishi “Yuqoridan-pastga” qadamba-qadam bo‘laklarga bo‘lish orqali hosil qilinadi (mos ravishda foydalanuvchi interfeysiga ko’ra, 2.2 rasmga qarang). Bir necha qadamba-qadam qismiy dasturini (nimdastur(protsedura yoki funktsiya)) detallashtirish yo‘li bilan taklif qilingan kompyuter tizimiga intilinadi. Boshqacha aytganda: takomillashtirishning (sifatni yaxshilashning) har bir qadamidan boshlab foydalanuvchi interfeysi va tayanch mashinasi o‘rtasidagi oraliq qisqaradi.
Mazkur usul shunday hollarda juda yaxshi qo‘llanish mumkin-ki, unda realizatsiya’ni amalga oshirish, ya’ni to‘la shakllantirilgan dastur foydalanuvchi nuqtai-nazaridan to‘la tushunarli va tasniflangan bo‘lishi mumkin. Biroq bu to‘laligicha tushunarli bo‘lmasligi, tasniflanmasligi mumkin bo‘lmaydigan uyg‘un tizimlar talablariga har doim ham mos kelavermaydi.
Amalda dasturlar tez-tez soddalashtirilib turilishi kerak, chunki tashkilotdagi uyg‘un texnik ishlab chiqarish iqtisodiyoti yoki huquqiy vaziyatlarni o’zgarmas o‘zgarishga moyildir. Bundan kelib chiqadiki, tashkilotdagi haqiqiy ahvol o‘zgarib turadi va tasniflar uzoq muddatli soddalashtirish jarayonidan zarar ko‘radi.
Standart ish haqi yozish yoki unchalik sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlarga muhtoj materiallarni boshqarish kabi dasturlar ushbu usul yordamida yaxshi tuzuladi.
O’zgarmas texnologik o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan harakat va o‘zgarishlarga boy boshqa tizimlar (mas. ishlab chiqarish tizimlari, avtomat boshqaruv tizimi va buxgalteriya hisobi tizimlari kabi) tasniflash darajasida va dasturiy darajada muntazam moslashtirib borilishi kerak. Shu sababdan esa ular uzluksiz ortib boradigan texnik xizmat ko‘rsatishning o’zgarmas xarajatlariga duchor bo‘ladi, chunki dasturiy tuzilmalar ularning o’zgarmas o‘zgarishlari tufayli borgan sari noaniq bo‘lib boradi.
Dizayn fazasida Top Down usulining qo‘llanilishi shundagina ma’noga ega-ki, agar ishlab chiqarilayotgan dastur foydalanuvchi nuqtai-nazaridan aniq va katta texnik, ishlab chiqarish iqtisodiy yoki huquqiy o‘zgarishlarga uchramagan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: |