Tashkiliy (maxsus) tarkibiy qismlar bayoni va realizatsiya tomonidan ajralish (shuningdek daliliy tahlil deb ham ataladi).
Ixtisoslashtirilgan reja
Yaratilishi va dasturlanishi kerak bo‘lgan maxsus tarkibiy qismlar va holatlar bayoni, shuningdek ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi (foydalanuvchilar interfeysi va b.q.) (hisob-kitob aloqasi deb ham ataladi)
Texnik topshiriq
Dizayn
Dasturiy texnik qismlar va holatlar bayoni (ma’lumotlarning tuzilishi, dasturlar tuzilishi va b.q.)
Dasturlar, ma’lumot bazalari va h.k. ko‘rinishidagi dizayn tavsifini amalga oshirish (faqat bu erda haqiqatda dasturlash sodir bo‘ladi).
1.3.1.1 Faza 1: Talablar tahlili
Talablar tahlili doirasida to‘la va muayyan shaklda yechilishi lozim bo‘lgan maxsus muammolar va barcha qo‘shimcha sharoitlarni to‘laligicha to‘plash uchun avval haqiqiy ahvol tahlili o‘tkaziladi. Bu o‘rinda texnik yoki ishlab chiqarishning iqtisodiy masalasi qo‘yilishiga kiradigan axborot tizimining alohida qismlarini o‘rganish kerak. Bundan keyin masalan, quyidagi masalalarni hal qilish kerak:
Tashkilotning qanday joyida (masalan, bo‘limlarda yoki o‘rinlarda) qanday axborot yoki ishchi jarayonlar paydo bo‘ladi?
Aniqlangan axborot yoki ishchi jarayonlar haqida ularning funktsiyalari va o‘zaro aloqalariga nisbatan qanday mulohazalarga yo‘l qo‘yilishi mumkin?
Qaerda, qanday natijalar paydo bo‘ladi va qaerda yoki kimga ular kerak bo‘ladi?
Haqiqiy ahvol tahlili natijalarini rasman ko‘rsatish uchun masalan, ma’lumotlar oqimi diagrammasiga murojaat qiladi (3-bobga qarang).
Haqiqiy holat tahlili doirasida yaratilgan dasturiy echimlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash nuqtai nazaridan ularni muayyan tadbiqini ko‘rsatmasdan turib hal etish mumkin. Bu esa maxsus rejaga ko‘ra keyingi faza bilan farqlanishini ko‘rsatadi.