Dasturlash asoslari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə17/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
Dasturlash asoslari

1.3.3 V Model

V-model Germaniyada Federal ma’muriyat uchun dasturiy mahsulotlarni amalga oshiradigan ishlab chiqaruvchilar uchun majburiy ravishda buyurilgan standartdir. Model shuningdek avtomobil sanoatida va bank sohasida keng tarqalgan va xalqaro e’tirof qozongan.


V-model bo‘yicha ishlab chiqish jarayoni dasturiy ta’minot ishlab chiqish doirasidan tashqariga chiqadi va butun instrumental muhitni yaxlitlik nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqadi. V-model faoliyatning to‘rtta submodel, deb ataluvchi sohasini o‘z ichiga oladi:

  • Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

  • Sifatni ta’minlash;

  • Konfiguratsiya’ni boshqarish;

  • Loyihani boshqarish.

To‘rt submodellarning har biri uchun standart va yagona me’yor etib bajarish shart bo‘lgan harakatlar belgilangan. Har bir harakatlar uchun hujjatlar va xizmat daftarchasi bor bo‘lib, ular o‘z ishlaridan tashqari hujjatni ishlab chiquvchi shaxslar va bundan keyingi harakatlar haqidagi ma’lumotlarga ega. Shu bilan birga har bir hujjat uchta bo‘lishi mumkin bolgan holatga ega:



  • Hujjat ishlovda;

  • Hujjat ko‘rsatilgan;

  • Hujjat qabul qilingan.

Faqat agar hujjat sifat nazorati tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, ishlab chiqarishning keyingi fazasi uchun reja topshiriqlari boshlanadi.
Dasturiy ta’minotni bevosita ishlab chiqish dasturiy ta’minot ishlab chiqish submodelida (SWE) (inglizcha: System Development (SD)) amalga oshiriladi, uning harakati 2.5-rasmda ifodasini topgan.

1.5-rasm. Nazorat qiluvchi harakatlarga ega bo‘lgan dasturiy ta’minot ishlab chiqarish submodeli harakati.
Kaskad modelidan farqli ravishda V-modelda nazorat harakatlari (control flow) sababli, loyihadagi barcha qatnashuvchilar o‘rtasida aniqlikning yuksak darajasini, talablardagi o‘zgarishlarga moslashuvchan reaksiya va dasturiy ta’minotning yuqori sifatini ta’minlaydigan siklik teskari aloqa berilgan.
V-model o‘zining butun uyg‘unligida tasvirlanish kerak-ki, bu mazkur darslik doirasidan chetga chiqish bo‘ladi. Shuning uchun bu erda faqat asosiy xossalargina ko‘rsatilgan. To‘liq tasavvurni-shuningdek – ingliz tilida www.v-modell.iabg.de saytida topish mumkin.



Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin