Dasturlash asoslari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə38/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111
Dasturlash asoslari

4.3 Black-Box-testi

Black-Box-testi dasturiy ta’minotning nazorat usulini bildirib, unda testlar testlanayotgan tizimning ichki harakat tamoyillariga oid bilimlarisiz ishlab chiqiladi. U testlar yordamida funktsionalligiga mo‘ljallangan sinov bilan chegaralanadi, bu shuni bildiradiki, test variantlarini aniqlash uchun testlanayotgan ob’ekt amalga oshuvidan emas, balki tasnif yoki talablar tahlili(istalgan natija)dan foydalanilishini ko‘rsatadi. Bu usulda dasturning aniq ahvoli ko‘rib chiqilmaydi, aksincha unga nisbatan «qora qutti» (Black Box) kabi munosabatda bo‘linadi. Faqat tashqi ochiq oydin xususiyatlargina testga qo‘shiladi.


Maqsad dasturiy ta’minot tizimi va spetsifikatsiyasi (uning tasnifining yoki yoritmasi) muvofiqligini tekshirishdir. Rasmiy va norasmiy tasniflardan kelib chiqib, testlar variantlari ishlab chiqiladi, ular talab qilingan funktsiyalar miqdoriga amal qilinganini qayd qiladi. Testlanishi lozim bo‘lgan tizim bunda yaxlit butunlik sifatida qaraladi, testlash natijalarini baholash uchun faqatgina unining tashqi xususiyatlarini talab qilinadi.
Testlar variantlarini norasmiy tasnifidan olib chiqish – bu xiyla qimmat turadigan mashg‘ulot va tasnif aniqligining darajasiga bog‘liq holda va ma’lum sharoitlarda imkoni yo‘q. Shuning uchun ham ko‘pincha to‘liq Black-Box-test matni to‘liq White-Box-test matni singari kam rentabellidir.
Hatto muvafaqqiyatli Black-Box-test matni dasturiy ta’minot aniqligining kafolati bo‘la olmaydi, chunki dasturiy ta’minot loyihasining ilk fazalarida ishlab chiqilgan tasniflar ancha keyingi qismlar va amalga oshirish qarorlarini ma’lun qila olmaydi.
Black-Box-test matn dasturchining “o‘z xatolari” atrofida testlar ishlab chiqishi va shu bilan realizatsiyadagi kamchiliklarni ko‘zdan qochirishdan chetlashishga imkon tug‘diradi. Dasturiy tizimni ishlashini tamoyillarini biladigan dastur myallifi uning spetsinasiyasidan tashqarida bo‘lgan qandaydir qo‘shimcha taxminlar yo‘li bilan, bilmasdan turib testlarda ba’zi bir hollarni esdan chiqarishi mumkin yoki ularni dastur spetsifikatsiyasiga nisbatan boshqacha tassavvur etishi mumkin. Black-Box-testini yana bir foydali xossasi shundan iboratki, bunda u spetsifikatsiya’ni to‘laligi bo‘yicha tekshirish uchun qo‘shimcha yordam sifatida yaroqli bo‘ladi, chunki, to‘la bo‘lmagan spetsifikatsiya testlarni yaratishda ko‘plab savollarni tug‘ilishiga olib keladi.
Testlarni tuzuvchilarga tizimning ishlashini ichki tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlari (ma’lumotlar) kerak emas, Black-Box-testlari amaliyotga tadbiq etishda testlarni yaratish uchun maxsus kоmanda zarur bo‘ladi. Ko‘plab korxonalarda buning uchun hatto testlash bo‘yicha maxsus vakolatga ega bo‘lgan bo‘limlar mavjud.
BubbleSort dasturining ko‘rib chiqilgan namunasida sinovni o‘tkazayotgan shaxs ixtiyorida dasturiy ta’minotning kompilyatsiyalangan va silliqlangan versiyasi mavjud.
Dasturga turli xil sonlar qatorining ba’zi bir miqdori beriladi va saralangan natijalar o‘rganib chiqiladi. Agar sonlarning ma’lum qatorida xatolar yoki tasnifdan chetga chiqish aniqlansa, ular hujjatlar bilan asoslanadi va dasturchiga oxirigacha ishlash uchun beriladi.
Ayniqsa dasturiy ta’minotning keng ko‘lamdagi tizimi holatida test variantlari miqdori tizimli va testlarning to‘liq ishlab chiqilgan ketma-ketligi amaliyot uchun katta ahamiyatga ega. Bu miqdorni qisqartirishning quyidagi imkoniyatlari mavjud:

  • Eng so‘nggi qiymatlar va maxsus qiymatlar testlanadi;

  • Barcha funktsiyalar keyinroq birgalikda harakatda bo‘luvchi chastotaga muvofiq testlanadi (algoritmlar, qoniqarsiz tasnifli qismlar, tajribasiz dasturchilar guruhi);

  • Shunday funktsiyalarning test nazorati ayanchli, ya’ni, ularda xatolar ayniqsa jiddiy bo‘ladi (masalan, keng ko‘lamli ma’lumotlarning soxtalashtirish yoki ularni buzilishi).



Black-Box-matn dasturiy ta’minotning nazorat usuli bo‘lib, unda testlar test qilinayotgan tizimlarning ichki tamoyillari bilmasdan turib ishlab chiqiladi. Talablar tahlili asosida dastur ishining faqat istalgan tamoyili ko‘rib chiqiladi. Test nazoratining ushbu usuli dasturchi sezmay qolishi mumkin bolgan xatolarni topish uchun qo‘l keladi. Nazoratning bu usuli yordamida amalga oshirishning ko‘rib chiqilmaganligi tufayli ko‘rsatilayotgan buzulishlar topilishi mumkin emas.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin