Dasturlash asoslari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə41/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111
Dasturlash asoslari

4.6 Test ma’lumotlari

Oldingi bo‘limlarda bayon qilingan testlardan birini o‘tkazish uchun test ma’lumotlari talab qilinadi. Tizim dasturlarining boshqarilishi va natijalarini tekshirish uchun test ma’lumotlari mumkin va mumkin bo‘lmagan barcha ma’lumotlarni qamrab olishi kerak.


Test ma’lumotlari quyidagilardan tashkil topadi:

  • Standart qiymatlar;

  • Ekstremal qiymatlar;

  • Xato qiymatlar.

Shu bilan birga test ma’lumotlari testlanuvchi algaritmlarga bog‘liq bo‘ladi. Quyida berilgan jadval test ma’lumotlarining har xil turlarini ko‘rsatadi.



Algoritm

Standart qiymatlar

Ekstremal qiymatlar

Xato qiymatlar

Butun sonlarni kiritish.

Butun sonlar

Juda kichik va juda katta sonlar

Harflar (simvollar, belgilar)

Bitta sohaga oid butun sonlarini qo‘shish

Soha chegarasidagi sonlar

Soha chegarasidagi sonlar

Vergulli sonlar

Indeks sikllarini bajarish

Indekslar

Boshlang‘ich qiymat va indekslar uzilishining qiymatlari

Ma’lum soha doirasidan tashqaridagi indekslar

4.3-rasm. Test ma’lumotlari turlari

Algoritm uchun mumkin bo‘lgan barcha hollarni hisobga oladigan test ma’lumotlarini aniqlaydigan hol juda qimmatga tushadi. Murakkab algoritmlar uchun ko‘p hollarda buni amalga oshirishni iloji yo‘q. Quyidagi oddiy misol bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha harakatlarning ko‘rib chiqilishida test ma’lumotlari qanchalik keng qamrovli bo‘lishi mumkinligini oydinlashtirib beradi.


Berilgan uchta a, b, c tomonlarning uzunliklari orqali uchburchak to‘la aniqlanadi. Kiritilgan a, b va c lar bo‘yicha dastur uchburchakni hisoblashi kerak. Bunda geometriyadan ma’lum quyidagi shartlar yordam beradi:
1) a,b va c lar 0 dan katta son bo‘lishi kerak.
2) a+b>c
Keyingi jadval esa, a, b va c qiymatlarining test qiymatlari jadvalida qanday kombinatsiyalari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.



a tomon

b tomon

c tomon

testning varianti

3

4

5

to‘g`ri burchakli uchburchak

3

3

4

Teng yonli uchburchak

3

3

3

Teng tomonli uchburchak

3

3

0

uchburchak emas

3

4

-2

uchburchak emas

10

5

5

uchburchak emas

2

5

8

uchburchak emas

a

4

5

uchburchak emas

3




5

uchburchak emas

va h.k.( 30 dan ortiq test variantlari)

4.4-rasm. Uchburchak yasashning test ma’lumotlari jadvali

Agar nazariy jihatdan har bir algoritmining tizimli dasturi uchun test ma’lumotlari ketma-ketligini tuzish mumkinligi o‘ylab ko‘rilsa, unda ayniqsa yirik dasturlarda bu ishni maqbul xarajatlar bilan bajarish mumkin emasligi ayon bo‘ladi.


Shuning uchun test ma’lumotlari (qatorlari) tipik qiymatlar, shuningdek eksterimal va xato qiymatlarini tanlash bilan chegaralanish orqali tekshiriladi. Ishning muhimligi test ma’lumotlari ketma-ketligi (qatori) bundan oldingi bo‘limlarda bayon qilib berilgan. Test nazoratining turli xil usullariga muvofiq dasturchilarning hamda foydalanuvchilarning o‘zlari tomonidan ham dasturlashga oid bilimlarisiz ishlab chiqiladi.
Shu bilan birga barcha xatolarni 99 %gacha identifikatsiyalaydigan va cheklaydigan puxta testlar o‘tkazish mumkin. Qoida bo‘yicha hatto test ma’lumotlarining keng ko‘lamiligi (qatorlari) sababli ham, dasturning 100% aniqligini kafolatlab bo‘lmaydi.


Test ma’lumotlariga standart qiymatlarga, eksterimal qiymatlarga va xato qiymatlarga ajratiladi. Test ma’lumotlari qatori aytilgan qiymatlar tanlovidan iborat va dasturchilar tomonidan ham, foydalanuvchilar tomonidan ham dasturlashga doir bilimlarsiz ishlab chiqiladi. Qoida bo‘yicha hatto keng ko‘lamli testlar yordamida ham dasturning 100% aniqligini kafolatlab bo‘lmaydi.



Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin