5. DASTURIY TA’MINOT MAHSULOTLARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARI
O‘quv maqsadi
O‘quvchi sifat belgilari tushunchasini o‘zlashtiradi va ularni namunalardan birida tushuntirib bera oladi.
Mazmun
Korrektlilik
Ishonchlilik
Foydalanuvchi uchun qulaylik
Xizmat ko‘rsatishning qulayligi
Samaradorlik
Ko‘p marotoba foydalanish imkoniyati
Uyg‘unlik
5.1 Sifat belgilari axboroti
Agar dasturiy mahsulot baholanmoqchi bo‘lsa, unda sifat darajasini belgilovchi mezonlar zarur. Biroq dasturiy ta’minot sifati aniq belgilangan tushuncha (atama) bo‘lib barqarorlashmagan shuning uchun yaxshi dastur qanday bo‘lishini aniq va qabul qilingan shaklda aytib bo‘lmaydi.
Sifatning turli xil belgilari talablar asosida aniqlangan, ularning ma’lum sharoitlardagi ta’riflari talablar tahlilida berilgan Biroq bu belgilar qanday qilib o‘lchanishi mumkin va bundan sifatga qo‘yiladigan talablar uchun qanday xulosalar kelib chiqadi?
Keyingi rasmlarda amalda ahamiyatga ega, deb qabul qilingan sifat belgilari keltirilgan.
5.1-rasm. Sifat belgilari tushunchalari
5.2 Korrektlilik, ishonchlilik va foydalanuvchi uchun qulaylik
Bexatolik tushunchasi bu erda dastur tasnifiga muvofiq to‘g‘ri ma’nolar berishini bildiradi. To‘g‘rilikning isboti uchun tegishli test ma’lumotlari hamda Black-Box-testlarining o‘tkazilishi to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga asos faqat uning tasnifi (talablar tahlili) bo‘ladi. Agar talablar tahlili noaniq bo‘lsa yoki u butunlay bo‘lmasa unda dastur garchi foydalanuvchi uning ishlash qobiliyatidan norozi bo‘lishiga qaramasdan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Ishonchlilikdeganda dastur to‘g‘ri ishlashi kerak bo‘lgan ma’lum vaqt oralig‘i tushuniladi. Ma’lumotlar kiritilishi va apparat vositalari benuqson ishlaydi degan shart bajarilishi kerak. Ishonchlilik bu kiritishning ma’lum shart-sharoitlarida ma’lumot va kiritish hollarining berilgan miqdori uchun berilgan vaqt oralig‘i paytida vazifaning to‘g‘ri bajarilishi ehtimolidir. Ishonchlilikka shuningdek, apparat vositalari ishida uzulishlar bo‘lgan va foydalanuvchi tomonidan bekorchi kiritishlar qilingan hollarda dastur shunga muvofiq javob berishi (masalan, xatolar haqida axborot uchun berilgan xabarlar yordamida) ham tegishli bo‘ladi. Hech qanday ziyon (masalan, azaliy to‘xtab qolish natijasida ma’lumotlarning yo‘qolishi) keltirmaydigan usul bilan ekspluatatsiya xatolarini va ma’lumotlarini noto‘g‘ri kiritishni to‘xtatib qolish dastlabki shartlarning buzilishi bo‘yicha chidamliligiga bog‘liqligini ham ta’kidlab o‘tish lozim bo‘ladi. Shunday qilib dasturning ishonchliligi va chidamliligi o‘zaro chambarchas bog‘liq.