Dasturlash asoslari


Samaradorlik va takror foydalanish imkoniyati



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə47/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   111
Dasturlash asoslari

Samaradorlik va takror foydalanish imkoniyati



Samaradorlik tushunchasi ostida barcha resurslardan eng yaxshi foydalanishni o‘z ichiga oluvchi dastur tushuniladi. Resurslar tushunchasi xotira sohasiga aloqalar kanallariga va periferiy jihozlarga taa’lluqlidir.
Samaradorlik tezlik bo‘yicha va tizimli dasturning xotira jabhasidan foydalanish bo‘yicha o‘lchanadi. Tezlik, jumladan, samarali algoritmlardan foydalanishga bog‘liq. Dasturiy ta’minotning testlanishda tezlik vaqt datchigini bevosita dastur kodiga kiritish va o‘lchangan vaqtni berish yo‘li bilan o‘lchanadi. Vaqt datchiklari ayniqsa sikllarni ko‘rikdan o‘tkazishda, tarmoqlanishda va protseduralarga rekursiv munosabatlarda ma’noga ega. Ko‘pincha xotira sohasini ko‘p iste’mol qilish ortiqcha jadvalli tuzilmalar yoki ortiqcha o‘lchamli o‘zgaruvchan miqdorlar testlariga ega ma’lumotlar bazalarida sodir bo‘ladi. Shuning uchun ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqishda meyorlashtirish juda muhim.
Hozirgi paytda chaqqon protsessorlar va eslab qoluvchi qurilmalar (RAM, qattiq disk) juda arzon bo‘lib qolganligi sababli, dasturlashda samaradorlikka borgan sari kamroq ahamiyat berilmoqda. Shunday bo‘lsada dasturlashning yaxshi uslubi samarali algoritmlar ishlab chiqishda va ma’lumotlar bazalarining meyorlashtirilgan tuzilmalarida foydalanish bilan ajralib turadi.
Tizimli dasturning takror foydalanish imkoniyati dasturiy bloklarning meyorlashuvi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Standartlashtirilgan qismlarning afzallik tomoni shu-ki, ular arzonroq, ishonchliroq va qoida bo‘yicha agar ularning nuqsoni bo‘lsa, ularni ta’mirlash yoki almashtirish osonroq. Xuddi shu narsa dasturiy ta’minot meyorlashtirilgan (standartlashtirilgan) qismlaridan takror foydalanishga ham xos-ki, bu dasturiy ta’minot mahsuldorligi va sifatini oshirishning eng samarali imkoniyatlaridan biridir.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqishda takror foydalanish turli shakllarda yuz beradi.

  • Dasturning mavjud dastlabki kodlarini nushalash yordamida takror foydalanish.

  • Takror foydalanishning ushbu eng oddiy shakli uchun dasturning tuzilishi va mantiqini aniq bilish zarur. Bu harakat usuli katta harajatlarini talab qiladi va ta’mirga yomon yaroqlilikka olib keladi.

  • Kutubxonalardan foydalanish

  • Takror foydalanish bu erda ham eng avvolo dasturning boshlang‘ich kodidan qayta tiklab foydalanishga asoslanadi. To‘g‘ri mavhumlashtirish yuz beradi, protsedura kutubhonalaridagi protsedura mavhumlashtirishi guruhlarning ob’ektga mo‘ljallangan kutubxonalarda tasniflanadi. Dasturning boshlang‘ich kodi ichki mantiqning aniq bilimlarisiz takror foydalanish uchun yaroqlidir. Kutubxonadan foydalanishda faqat uning mazmuni va masalalar obzoriga ega bo‘lish, shuningdek ma’lumotlar uzatish ko‘rsatkichlarini bilish etarli.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqarishdagi samaradorlik bu ma’nbalardan eng yaxshi foydalanishdir. Standart dasturiy bloklardan foydalanish (protseduralar kutubxonasi ) tizimli dasturdan ko‘p marotaba foydalanish imkoniyatiga ko‘maklashadi.




    1. Yüklə 2,09 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin