Tuzatish dasturi– mustaqqil dastur yoki kompilyatorning tarkibiy qismi shaklidagi asosiy uskuna bo‘lib, u sintaktik dasturiy xatolar, dasturdagi yoki boshlang‘ich koddagi xatolarni qidirib topish va ularni yo‘qotish uchun xizmat qiladi. Sozlash dasturi xizmatlar va uskuna vositalari orqali dasturchiga dasturni tuzatishga yordam beradi (debuggen yoki debugging). Eng muhim asbob uskunalar:
Nazorat uchun dasturning to‘xtash yoki dasturning bo‘linish nuqtalari (ingl.: breakpoints) kirish ma’lumotlarini tekshirish uchun;
Tracing-funksiyalar (so‘zma-so‘z: ta’qib qilish), qadamma-qadam ishlov berishga yordamlashish va bu bilan dasturning o‘tishini yaxshiroq nazorat qilish uchun;
Trace-Back-funksiyalar, ishlov berib bo‘lingan buyruqlarning kuzatib borilishini ta’minlash uchun.
Tuzatish dasturi dasturni ishlab chiqishda bo‘lishi shart bo‘lgan uskuna yoki uskunalar vositasi bo‘lib, qidirishni qisqartiradi va shuningdek sintaktik dasturiy xatolar yoki nosozliklarni axtarib topish va bartaraf qilishni ancha engillashtiradi.
Kompilyatorlar, sharhlovchi dasturlar va dasturiy kodni protsessorlar bilan ishlov beriladigan binar mashina kodiga o‘tkazadi. Kompilyatorlar kodni dasturning bajarilishidan oldin o‘tkazadi, sharhlovchi dasturlar faqat dasturning bajarilish paytida, bu esa dasturning o‘tish tezligidagi yoki xatolarni qidirib topishdagi kamchiliklarga olib keladi. Tuzatish dasturi – bu mustaqil dastur yoki kompilyatorning xatolarni qidirib topish uchun xizmat qiluvchi qismidir.
8-bobga oid nazorat savollari
1- va 2- avlod mashina tillarini mohiyatini tushuntirib bering.
Uchinchi avlod tillari qachon paydo bo‘lgan va ularni bir-biridan farqi nima?
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini mohiyati va ularning asosiy komponentalari nimalardan iborat?
Web-dasturlash tillarini vazifasi nimadan iborat?
Kompilyator va interpretatorlarning asosiy farqlari nimalardan iborat?