2-QISM. VISUAL BASIC TILI
Darslikning bu qismida Visual Basic tili mufassal yoritiladi. Mavzularga oid misollar keltirilgan. Misollarni dasturini tuzishda darslikning birinchi qismida keltirilgan dasturlash usullari, texnikalari va texnologiyalaridan keng foydalanilgan. Olingan natijalarni visualizatsiyasi ham keltirilgan.
9. Visual Basic muhiti
9.1. Visual Basicni ishga tushirish
Windows asosiy menyusidan dasturni ishga tushirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Ekranning quyi qismida joylashgan «Пуск» (Start) tugmasini bosing.
2. Windowsning asosiy menyusidagi «Программы» (Programms) ni tanlang. Menyuda ishga tushirish buyrug’i paydo bo’ladi.
3. Microsoft Visual Studio 6.0 optsiyasini tanlang.
4. Navbatdagi menyu bandidan Microsoft Visual Studio 6 ni tanlang.
Visual Basic 6 ni ishga tushirganda ekranda New Project muloqot oynasi chiqadi. Uning yordamida yangi loyiha uchun shablon tanlash, loyiha yaratish masterini ishga tushirish yoki mavjud bo‘lgan loyihani ochish mumkin.
9.1-rasm
Bu oyna uchta ilovadan tashkil topgan:
New (Yangi) — shablonlardan va yangi loyiha yaratuvchi loyiha masteridan tashkil topgan;
Existing (Mavjud) — ilgari yaratilgan loyihani va Visual Basicning loyiha-misollarini ochishga imkon beradi. Ushbu ilova yoyiladigan menyuga ega va u yordamida kompyuterda barcha mavjud bo‘lgan loyiha papkalarining birini tanlash mumkin.
Recent (Yaqinda yaratilgan) — Oxirgi ish vaqtida ochilgan loyihalarni o‘z ichiga oladi.
Yangi loyihani yaratishda New ilovasi ishlatiladi. Unda mavjud bo‘lgan loyihaning shablon turlarini tanlash mumkin, lekin boshlang‘ich bilim olish maqsadida standart ilovani tanlaymiz:
Standard EXE —bajariladigan standart ilovalar.
Dostları ilə paylaş: |