KI-17-22(S) GURUH TALABASINING “DASTURLASH 1”FANIDAN TAYYORLAGAN
6-AMALIY ISH
Bajardi: Choriyeva D Qabul qildi: Zohidov J 6-AMALIY ISHI. Mavzu: Voris sinflarda operatorlarni qayta yuklash. Bazaviy sinf a’zolariga murojaatni boshqarish. Shablon funksiyalar. Shablon sinflar. Shablon funksiyalarni qayta yuklash. Satrlar. Satrlarni qayta ishlash.
Amaliy ishidan maqsad:: 1. Satrlar bilan tanishish.
2 .String.h bibliotekasi va uning funksiyalari bilan tanishish.
3. Satrlarni qayta ishlash.
Amaliy ishi vazifalari: Topshiriq Har bir talaba jurnaldagi tartib raqami bo’yicha vazifalarning dasturini tuzishi lozim.
Har bir vazifani bajarishda foydalanilgan funksiyalar va strukturalar haqida hisobotda ko’rsatishi lozim.
6-Amaliy beriladigan barcha vazifalarni bitta hisobot shaklida topshiring.
NAZARIY QISM Satr C++ tilida satr uchun maxsus tur aniqlanmagan. Satr char turidagi belgilar massivi sifatida qaraladi va bu belgilar ketma–ketligi satr terminatori deb nomlanuvchi nol kodli belgi bilan tugaydi (‘\0’).
Odatda, nol-terminator bilan tugaydigan satrlarni ASCII–satrlar deyiladi. Sart konstanta deb qo‘shtirnoqlar ichiga olingan belgilar ketma–ketligiga aytiladi:
“Ushbu belgilar ketma–ketligiga satr deyiladi.”
Satrli massivlar quyidagicha e’lon qilinadi:
char A[4] = { 'A', 'P', '[', 'D'};
char B[10];
Satr massivi e’lon qilinishida, satr oxiriga terminator qo‘yilishini va natijada satrga qo‘shimcha bitta bayt bo‘lishi inobatga olinishi kerak:
Massivning har bir simvol – alohida obyekt va massiv N uzunlikka ega.
Satrlar bilan ishlash uchun albatta #include bibliotekasidan foydalanish lozim.
Masala. Berilgan matndagi barcha “a” harfini “b” ga almashtiruvchi dastur tuzing.
Int main()
{
char q[80];//satrli massivni e’lon qilish
int i;
cout<<“Satr kiriting\n“;
cin>>q;//Kiritilgan satrni o‘qib olish
i = 0;// sikl boshi
while ( q[i] != '\0' ) { //toki satr oxirigacha
if ( q[i] == 'а' ) q[i] = ‘b'; // almashtirsin
i ++; // siklni oshirish
}
cout<< “Natija: “<< q ;
}