9.4. Boshqarish elementlari panelining birnechta elementlarini ishlatishga misollar
1-misol: “Salom olam” dasturi
Dasturlashning eskicha an’anasi ko‘ra Visual Basic ni o‘rganishni ekranga “Salom olam” matnini chiqaradigan oddiy dasturni o‘rganishdan boshlaymiz.
Biz Visual Basic da Matnli blokdan (TextBox) va ikkita buyruq tugmalaridan (Command1, Command2) tashkil topgan loyiha yaratamiz. “Matnni chiqarish” tugmasini bosganda “Salom olam” matni matnli blokda paydo bo‘lishi va “Ishni yakunlash” tugmasi bosilganda dastur yakunlanishi kerak.
1. Visual Basic ni ishga tushiramiz va yangi atandart ilova yaratamiz. Ekran ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
9.41-rasm
2. Boshqarish elementlari panelidan sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda matnli blok tugmasini tanlaymiz. Sichqonchaning ko‘rsatkichini formaning ixtiyoriy nuxtasiga joylashtiramiz. Ko‘rsatkich shu sababli krest shakliga o‘tadi. Formada matnli blokni chizamiz.
9.42-rasm
Yuqoridagi usulda boshqarish elementlari panelidan “Buyruq” tugmasini (Command Button) bosamiz va uni bizning formamizda qayta chizamiz.
9.43-rasm
Yana bitta tugma yaratamiz.
9.44-rasm
5. Matnli blokning (Text box) xossasini o‘zgartiramiz. Buning uchun matnli blok ob’yektiga sichqoncha yordamida bosamiz va ob’yektning xossalari oynasiga o‘tamiz. Text1 ob’yektining “Text” xossasini o‘zgartiramiz.
9.45-rasm
Endi matnli blokda hech qanaqangi matn bo‘lmaydi. Matn buyruq tugmasini bosqandan keyin oynaga chiqadi. Kerakli matnni buyruq tugmasining dasturiy kodiga yozamiz. Hozircha shrift va matn xarakteristikalarini o‘zgartiramiz. Shriftni 2-Center – markaziga barobarlashtirish (Ochilib-yopiladigan ro‘yxat oynasidagi strelkani bosish orqali kerakli band tanlanadi) bilan “Barobarlashtirish” (Alignment) xossasini o‘rnatamiz. Shrift Font xossasida o‘rnatiladi.
9.46-rasm
Dostları ilə paylaş: |