0 dan 1 gacha bo‘lgan intervaldagi tasodifiy sonni qaytaradi
Sgn(n)
Agar n noldan kichik bo‘lsa -1 ni, n nolga teng bo‘lsa nolni va n noldan katta bo‘lsa 0 ni qaytaradi.
Sin(n)
n ning sinus burchagini qaytaradi. n burchak radianlarda beriladi.
Sqr(n)
n dan chiqarilgan kvadrat ildizni qiymatini qaytaradi
Tan(n)
n ning tangens burchagini qaytaradi. n burchak radianlarda beriladi.
6-misol: Matematik funksiyalarni ishlatishga loyiha
-10 dan +10 gacha bo‘lgan oraliqdan tasodif son olinadi. Sonning ishorasi aniqlanadi. So‘ng tasodif sonning absolyut qiymatining kvadrat ildizi va ikkilangan burchakning sinusi hisoblanadi.
10.14-rasm
Ob’yekt
Xossa
O‘rnatilgan qiymatlari
Label1
Caption
Tasodifiy son
Label2
Caption
Ishorasi
Label3
Caption
Kvadrat ildizi
Label4
Caption
Ikkilangan burchakning sinusi
Command1
Caption
Bajarish
Command2
Caption
Yakunlash
Text1 Text2 Text3 Text4
Text
Text xossasi maydonini tozalash
Dastur kodi Option Explicit
Private Sub Command1_Click()
Dim dblx As Double
Dim dblx1 As Double
Dim dblx2 As Double
Dim intx As Integer
dblx = 20 * Rnd – 10
intx = Sgn(dblx)
dblx1 = Sqr(Abs(dblx))
dblx2 = 2 * Sin(dblx) * Cos(dblx)
Text1.Text = Str(dblx)
Text2.Text = Str(dblx1)
Text3.Text = Str(intx)
Text4.Text = Str(dblx2)
End Sub
Private Sub Command2_Click()
End
End Sub
Private Sub Form_Load()
Randomize
End Sub
10.15-rasm
10.12. Solishtirish operatorlari
Solishtirish operatorlari shartli ifodalarda ishlatiladi. Shartli ifoda xossaning “rost” yoki “yolg‘on” ligini dastur matnidagi boshqa bir elementining o‘zgaruvchisi yordamida aniqlaydigan dastur operatorlarining bir qismi hisoblanadi. Masalan, X>=0 ifodasi True qiymatini qabul qiladi, agar X o‘zgaruvchisi musbat yoki nol qiymatiga ega bo‘lsa, False qiymatini qabul qiladi, agar X o‘zgaruvchisi manfiy qiymatiga ega bo‘lsa.
Visual Basic ning solishtirish operatorlarining jadvali
Operatorlar
Vazifalari
=
Barobar
>
Katta
<
Kichik
<>
Teng emas
>=
Katta yoki teng
<=
Kichik yoki teng
10.13. Mantiqiy operatorlar
True (Rost) qiymatini qabul qiluvchi yoki False (Yolg‘on) qiymatini qabul qiluvchi ifodalar bulli ifodalar kabi bizga ma’lum, ammo True (Rost) yoki False (Yolg‘on) natijalari esa bulli o‘zgaruvchilariga yoki xossalariga o‘zlashtiriladi. Bulli o‘zgaruvchilar As Boolean tavsiflagichli Dim operatori yordamida e’lon qilinadi.
Visual Basic muhitining mantiqiy operatorlari jadvali
Operator
Amallar
And
Agar ikkala operandning qiymati True bo‘lsa, True bo‘ladi.
Agar hech bolmaganda bitta operandning qiymati False bo‘lsa, False bo‘ladi.
Or
Agar hech bolmaganda bitta operandning qiymati True bo‘lsa, True bo‘ladi.
Agar ikkala operandning qiymati False bo‘lsa, False bo‘ladi.
Not
Unar amal (bitta operand yordamida bajariladi)
Agar operand True bo‘lsa, False bo‘ladi
Agar operand False bo‘lsa, True bo‘ladi
Xor
Agar operandning qiymatlari o‘zaro bir-biriga teng bo‘lmasa (biri – True, ikkinchi - False), u holda True qiymatini oladi
Agar operandning qiymatlari o‘zaro bir-biriga teng bo‘lsa (ikkalasi ham – True yoki ikkalasi ham - False), u holda False qiymatini oladi.
10.14. Qatorlar ustida ishlaydigan funksiyalar
Qatorlar ustida ishlaydigan bitta amal – biriktirish amali yoki konkatenatsiya amali mavjud.
Konkatenatsiya amali & belgisi bilan belgilanadi. Ikkita qatorning konkatenatsiya amalining natijasi – biriktirilgan qator.
Masalan: Mayli uchta o‘zgaruvchi strS1, strS2, strS0 dasturda quyidagi operatorlar yordamida tavsiflangan bo‘lsin:
Dim strS1, strS2, strS0 As String
strS1 o‘zgaruvchisining qiymati: strS1 = “Bizning kollej”
strS2 o‘zgaruvchisining qiymati: strS2 = “Toshkentda joylashgan”
strS0 =strS1 & strS2 amallari bajarilgandan so‘ng strS0 o‘zgaruvchisining qiymati “Bizning kollej Toshkentda joylashgan” bo‘ladi.
Visual Basic muhitida qatorlar ustuda bajariladigan amallar birnecha o‘rnatilgan fuksiyalari yordamida amalga oshiriladi.