Massiv - bu o‘zgaruvchi, unda bir vaqtda bir tipdagi bir necha qiymatlar saqlanadi. U o‘zini bir tipdagi indeksi o‘zgaruvchilar yig‘indisi hisoblanadi. Massivning qo‘llaniladigan indeksi soni xar xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pinchalik bir yoki ikki indeksli massivlar qo‘llaniladi, ba’zan -uch indeksli, undan ko‘p sonli indekslar kam uchraydi. VB 60tagacha indekslar qo‘llashi mumkin. Massivning indekslar soni massivning razmerini belgilaydi. Bir indeksli massiv bir o‘lchovli massiv deyiladi. Ikki indeksli –ikki o‘lchovli va hokazo.
Katta sonli massivlar katta xotirani egallaydi, shuning uchun ularni qo‘llashda ehtiyot bo‘lish kerak. Massiv qo‘llashdan avval uni operator Dim yordamida e’lon qilish lozim va unda massivda qiymatlar qaysi tip da saqlanishini ko‘rsatish kerak. Hamma qiymatlar massivda bir tipdagi ma’lumotlar turiga qarashli bo‘lishi majburiy. Bu chegaralashni amaliyotda chetlab o‘tish mumkin, buning uchun massiv e’lon qilinganda Variant tipidan foydalanish mumkin, bunda massiv elementlari xar xil tipdagi qiymatga ega bo‘lishi mumkin.
Quyida massivni e’lon qilish operatorining sintaksisi: