Dasturlash asoslari


Funksiya Bajaradigan ishi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə94/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111
Dasturlash asoslari

Funksiya

Bajaradigan ishi

As С

Simvolning ASCII-kodini qaytaradi

Chr

ASCII-kodni simvolga o‘tkazadi

InStr, InStrRev

Matn ichidan matnni qidirishni amalgam osiradi

LCase

Dastlabki qatordagi harf registrini kichigiga o‘zgartiradi

Left

Qator boshidan simvollarning ko‘rsatilgan sonini qaytaradi

Len

Qatordagi simvollarning umumiy sonini qaytaradi (qatorning joriy uzunligi)

LTrim, RTrim, Trim

Simvolli qatorning boshida, oxirida va ikkala tomonida joylashgan probellarni olib tashlaydi.




Mid

Qatorning ixtiyoriy joyidadan berilgan sondagi simvollarini qaytaradi

Right

Qatorning oxirgidan ko‘rsatilgan sondagi simvollarini qaytaradi

Str, CStr

Sonli qimatlarni qator turiga o‘tkazadi

StrReverse.

Qatordagi simvolarning joylashish tartibini teskariga o‘zgartiradi

StrConv

Simvolli qatorning harflar registrini o‘zgartiradi

Val

Qatorni son sifatida ifodalaydi

UCase

Dastlabki qatordagi harf registrlarini kattasiga o‘zgartiradi

Bu funksiyalarning birnechtasini qarab chiqamiz:



  • Str funksiyasi. Str() funksiyasi sonli qiymatlarni qator ko‘rinishiga o‘zgartiradi. Funksiyaning sintaksisi: Str (Sonli ifoda). Sonli ifoda o’zgarmas, o‘zgaruvchi, matematik operator va funksiya bo‘lishi mumkin,

  • Val funksiyasi. Val() funksiyasi simvolli qatorni sonli qiymatlarga o‘zgartiradi. Funksiyaning sintaksisi: Val (Simvolli qator) Simvollar qatorini songa o‘tkazishda barcha qatorda chapdan o‘nga qarab joylashgan raqamli simvollar hisobga olinadi. Qatorning boshida va oxiridagi probellar tashlab ketiladi. Qator ichiga probellar qo‘yish mumkin emas. Agar ifodaning birinchi belgisi raqam bo‘lmasa, Val funksiyasi nol qiymatini qaytaradi.

  • LTrim funksiyasi. Simvolli qatorning boshidagi probellarni olib tashlaydi. Sintaksisi: LTrim(Simvolli_ifoda)

  • RTrim funksiyasi. Simvolli qatorning oxiridagi probellarni olib tashlaydi. Sintaksisi: RTrim(СимвольноеВыражение)

  • Trim funksiyasi. Simvolli qatorning boshida va oxiridagi probellarni olib tashlaydi.

Sintaksisi: Trim(Simvolli_ifoda)

  • Left funksiyasi. Chap tomondan boshlab qatorni ajratib oladi. Sintaksisi: Left(Simvolli_ifoda, Simvollar_soni)

  • Right funksiyasi. O‘ng tomondan boshlab qatorni ajratib oladi. Sintaksisi: Right(Simvolli_ifoda, Simvollar_soni)


  • Yüklə 2,09 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin