Dasturlash asoslari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə88/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111
Dasturlash asoslari

10.1. O‘zgaruvchi nomlari

O‘zgaruvchilar o‘qishga qulay va birqancha ko‘rgazmali bo‘lishi uchun qandaydur ma’noga ega bo‘lgan nomlar beriladi. O‘zgaruvchilar nom berishda bir nechta qoidalar mavjud:



  • O‘zgaruvchi nomi 255 dan oshmagan belgilardan iborat bo‘lishi mumkin;

  • O‘zgaruvchi nomi ixtiyoriy harf va raqamlardan tashkil topishi mumkin;

  • O‘zgaruvchi nomining birinchi belgisi harf bulishi shart;

  • O‘zgaruvchi nomida probellar bo‘lmasligi kerak;

  • O‘zgaruvchining nomi uzunligi unikal va ko‘rish chegarasidan oshmasligi kerak.

Masalan, o‘zgaruvchi nomlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: CurrentNum, Total, Date_of_birth. Navbatdagi o‘zgaruvchi nomlari bo‘lishi mumkin emas: 1Time, $Total, Date of birth.
Ma’lumotlarning turiga qarab o‘zgaruvchi nomlarining prefikslari tavsiya qilinadi. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan:



Ma’lumotlarning turi

Prefiks

Misol

Boolean

bin

binSuccess

Currency

cur

curPrice

Date

dtm

dtmFinish

Double

dbl

dblSum

Integer

int

intQuantity

Long

Ing

IngTotal

Single

sng

sngLength

String

str

strLastname

Variant

vnt

vntValue


10.2. Ma’lumotlarning turi

Visual Basic dasturiy muhitida quyidagi ma’lumlarning asosiy turlarini ishlatishingiz mumkin:



  • sonli (Integer, Long, Single, Double, Currency);

  • qator (String);

  • sana (Date);

  • mantiqiy (Boolean);

  • ixtiyoriy (Variant);



Ma’lumotlarning asosiy turlarining jadvali



Ma’lumotlar-ning turlari

O‘lchami (baytlarda)

Qiymatlar diapazoni

Misollar

Integer
(Butun)

2 bayt

–32 768 dan + 32 767 gacha

Dim intX as Integer
intX = 23546

Long
(Uzun butun)

4 bayt

-2 147 483 648
dan
+2 147 483 647 gacha

Dim lngY as Long
lngY = 1000000

Single
(Bir karra aniqlikdagi siljuvchi nuqtali o‘nlik son)

4 bayt

-3.402823Е38 dan +3.402823Е38 gacha

Dim sngA as Single
sngA = 4.781

Double
(Ikki karra aniqlikdagi siljuvchi nuqtali o‘nlik son)

8 bayt

-1.79769313486 232D308 dan +1.79769313486232D308 gacha

Dim dblB as Double
dblB = 1.00000000001

Currency
(Pullik)

8 bayt

-922337203685 477.5808 dan +922337203985477.5807gacha

Dim curM as Currency
curM =25456.20

String
(Qator)

har bir belgi
1 bayt

1 dan 1 65535 belgigacha

Dim strS as String
strS = “Basic”

Boolean
(Mantiqiy)

2 bayt

True (Rost) yoki
False (Yolg‘on)

Dim binL as Boolean
binL = True

Data
(Sana)

8 bayt

January-1-100 (1.01.0100) dan
December-31-9999 gacha

Dim dtmD as Data
dtmD = #03-08-2005#

Variant
(Variant)

16 bayt (son uchun)
22 bayt + bitta belgi 1 bayt
(qator uchun)

Barcha turlar uchun

Dim vntV
vntV = 13.45
yoki
vntV = “Техт”



10.3. O‘zgaruvchilarni e‘lon qilish

Visual Basic dasturlash muhitida o‘zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagi sintaksis bo‘yicha amalga oshiriladi:


Dim O‘zgaruvchiNomi [As Ma’lumotlar_turi]
Quyidagicha misollarni keltirish mumkin:
Dim bInSuccess As Boolean
Dim strLastname As String, dblSum As Double
Fiksirlangan uzunlikdagi qatorlarni e’lon qilish uchun quyidagi sitaksis ishlatiladi:
Dim O‘zgaruvchinomi As String * O‘zgaruvchi_uzunligi
O‘zgaruvchi_uzunligi parametri belgilarning maksimal sonini ko‘rsatadi. (*) belgisi esa o‘zgaruvchi uzunligining fiksirlanganligini ko‘rsatadi.
O‘zgaruvchilarni aniq turda e’lon qilish orqali dastur translyatsiyasi rejimini o‘rnatish tavsiya etiladi. Buning uchun modulning boshida Option Explicit (Aniq turda e’lon qilish) operatorini kiritish kerak.

10.1-rasm

Bu operatorni Visual Basicning dastur oynasidagi barcha modullarga avtomat ravishda qo‘shish uchun Tools (Servis) menyusidagi Options (Parametrlar) buyrug‘I bajariladi. Options muloqot oynasi ochiladi va undagi Editor ilovasining Require Variable Declaration jumlasi to‘g‘risiga bayroqcha (flajok) o‘rnatiladi.





10.2-rasm

Agar Option Explicit operatorini modulga kiritmasangiz, unda siz o‘zgaruvchini noaniq e’lonidan foydalanishingiz mumkin. Bunday holatda o‘zgaruvchining turi birinchi o‘zlastirish operatoridayoq aniqlanadi va shu vaqtning o‘zida o‘zgaruvchiga xotiradan joy ajratiladi.





Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin