10.3. Funksiyani chaqirish Key Point. Funksiya chaqirilganda uning tana qismidagi ko`rsatmalar bajariladi. Funksiyani yaratishda uning nima ish qilishi belgilab olinadi. Funksiyani ishlatish uchun uni chaqirishimiz yoxud jalb etishimiz lozim. Funksiyani chaqirish uning qiymat qaytarishi yoki qaytarmasligiga qarab ikki xil yo`l bilan amalga oshirilishi mumkin. Agar funksiya qiymat qaytaradigan bo`lsa, unga qiymat kiritgan holda chaqiriladi. Masalan:
int katta = max(3, 4);
Bu yerda, funksiyaning natijasi katta o`zgaruvchisiga ta’minlanadi. Uni chaqirishning yana bir yo`li:
cout << max(3, 4);
Bu yerda esa, funksiyaning bajarilishidagi natijaviy qiymat konsol oynaga chiqariladi.
Dasturda funksiya chaqirilganda dastur nazorati funksiyani chaqirishga yo`naltiriladi va funksiya hisoblanadi. Funksiya o`z tarkibidagi ko`rsatmalar bajarilganidan so`ng, yoki funksiyaning yakunlanganligini bildiruvchi yopiluvchi figurali qavsdan so`ng dastur nazoratini chaqiruvchiga qaytaradi. 10.1-kodli ro`yxatda max funksiyasidan foydalanilganda unda bajariladigan to`liq dastur kodini testlashga doir misol keltirilgan.
10.1-kodli ro`yxat. TestMax.cpp 1 #include 2 usingnamespace std;
3
4 // ikki sondan kattasini topish
5 int max(int son1, int son2)
6 {
7 int natija;
8
9 if(son1 > son2)
10 natija = son1;
11 else 12 natija = son2;
13
14 return natija;
15 }
16
17 int main() 18 {
19 int i = 5;
20 int j = 2;
21 int k = max(i, j);
22 cout << i <<” va ”<< j << " sonlardan kattasi: "
23 << k << endl;
24
25 return 0;
26 }
Bu dastur max va main funksiyalaridan tashkil topgan. main funksiyasining boshqa funksiyalardan jixati – u operatsion tizim tomonidan chaqiriladi va ishga tushganda dasturdagi hisoblash jarayonlarini amalga oshiradi. Qolgan barcha funksiyalar chaqirish ko`rsatmalari funksiyasi orqali chaqiriladi va ishga tushiriladi.