Dasturlash I 10-hafta mavzu: Funksiyalar



Yüklə 97,55 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü97,55 Kb.
#196151
  1   2   3   4
ma\'ruza-10




DASTURLASH I


10-HAFTA


Mavzu: Funksiyalar



Hafta

Mavzu

Mashg‘ulot turi

Soat

Mashg‘ulot mazmuni

10-haf-ta

Funksiyalar

10-Ma’ruza

2

Funksiyalarni e’lon qilish, murojat qilish va qiymat berish. Funksiyalarni modullarda e’lon qilish

Lab_10.1

2

Funksiyalarga doir oddiy dasturlar yaratish

Lab_10.2

2

Funksiya prototiplari, funksiyalarni modullarda e’lon qilishga doir dasturlar yaratish

Lab_10.3

2

Funksiya prototiplari, funksiyalarni modullarda e’lon qilishga doir dasturlar yaratish

10-Mustaqil ish

1

Topshiriqda berilgan savollarga javob yozish

1

Test savollarigajavobberish

4

Dastur tuzishga doir topshiriqlarni bajarish


10-MA’RUZA
MAVZU: Funksiyalarni e’lon qilish, murojat qilish va qiymat berish. Funksiyalarni modullarda e’lon qilish

Reja:

    1. Funksiya haqida boshlang`ich tushunchalar;

    2. Funksiyani e’lon qilish;

    3. Funksiyani chaqirish;

    4. void funksiyalar;

    5. Argumentlarni qiymatlari orqali parametrlarga yuborish;

    6. Modullashtirish. Funksiyalarni modul sifatida e’lon qilish.


Kalit so‘zlar:

  • actual parameter

  • ambiguous invocation

  • argument

  • automatic variable

  • bottom-up implementation

  • divide and conquer

  • formal parameter (i.e., parameter)

  • function abstraction

  • function declaration

  • function header

  • function overloading

  • function prototype

  • function signature

  • global variable

  • information hiding

  • inline function

  • local variable

  • parameter list

  • pass-by-reference

  • pass-by-value

  • reference variable

  • scope of variable

  • static local variable

  • stepwise refinement

  • stub

  • top-down implementation


10.1. Funksiya haqida boshlang`ich tushunchalar
Key Point. Funksiyalar dastur tarkibida qayta foydalanish imkoniyatini beruvchi qism dasturlarni e’lon qilish, ishlatish va shuning barobarida dasturlashni soddalashtirish maqsadlarida qo`llanilishi mumkin.
Faraz qilaylik, biz 1 dan 10 gacha, 20 dan 37 gacha va 35 dan 49 gacha bo`lgan butun sonlarni mos ravishda yig`indilarini hisoblash dasturini tuzmoqchimiz. Biz uni quyidagicha dastur kodi orqali tuzishimiz mumkin:
int sum = 0;
for (int i = 1; i <= 10; i++)
sum += i;
cout << "1 dan 10 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;

sum = 0;
for (int i = 20; i <= 37; i++)


sum += i;
cout << "20 dan 37 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;

sum = 0;
for (int i = 35; i <= 49; i++)


sum += i;
cout << "35 dan 49 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;
Bu sonlar oralig`ida hisoblashlar bir xil ko`rinishda amalga oshirilayotganini ko`rish mumkin, faqat ularda sonli oraliqlar har xil. Agar biz bir xil hisoblash jarayonlari uchun bir marta kod yozib, undan turli qiymatlar uchun qayta foydalana olsak zo`r ish bo`lar edi, shunday emasmi? Biz bu ishni funksiyani e’lon qilish va uni chaqirish orqali amalga oshirishimiz mumkin.
Yuqoridagi kodni quyidagicha soda ko`rinishga keltirib olishimiz mumkin:
1 int sum(int i1, int i2)
2 {
3 int sum = 0;
4 for (int i = i1; i <= i2; i++)
5 sum += i;
6
7 return sum;
8 }
9
10 int main()
11 {
12 cout<<"1 dan 10 gacha sonlar yig`indisi: "<13 cout<<"20 dan 37 gacha sonlar yig`indisi:"<14 cout<<"35 dan 49 gacha sonlar yig`indisi:"<15
16 return 0;
17 }
1-8-satrlar oralig`ida sum nomli, i1 va i2 parametrlariga ega bo`lgan funksiya e’lon qilinyapti. main funksiyasi tarkibida 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(1, 10) ni chaqiruvchi, 20 dan 37 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(20, 37) ni chaqiruvchi, 35 dan 49 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(35, 49) ni chaqiruvchi ko`rsatmalar berilgan. Funksiyabu biror operatsiyani bajarish uchun ishlab chiqilgan, guruh bo`lib ishlatiluvchi ko`rsatmalar jamlanmasidir. Avvalroq biz pow(a, b), rand(), srand(seed), time(0), va main() kabi funksiyalar bilan tanishib chiqqanmiz. pow(a,b) funksiyasini ishlatganimizda, u tarkibidagi ko`rsatmalarni ishga tushiradi va natija qaytaradi. Bu ma’ruzada funksiyalarni e’lon qilish, uni chaqirish va masalalar jamlanmasini yechishga oid bilimlarga ega bo`lishingiz mumkin.


10.2. Funksiyani e’lon qilish
Key Point. Funksiyaning e’lon qilinishi funksiya nomi, parametrlari, qaytariluvchi qiymat turi va funksiya tanasidan iborat.
Funksiyani e’lon qilish sintaksisi quyidagicha ko`rinishga ega:
returnValueType functionName(list of parameters)
{
// Function body;
}
Keling, ikki sondan qaysi biri kata ekanligini aniqlovchi funksiyani qaraymiz. Bu funksiya int turida, son1 va son2 parametrlardan tashkil topgan, berilgan ikki sondan kattasini topishga mo`ljallangan va max deb nomlangan.

10.1-rasm. Biz funksiyalarni e’lon qilishimiz va argumentlar bilan chaqirib olishimiz mumkin.
Funksiya qiymat qaytarishi mumkin. Qaytariluvchi qiymat turi – bu o`sha qaytariluvchi qiymatning ma’lumot turi. Ba’zi hollarda funksiya tomonidan qiymat qaytarmasligi talab qilinadi. Bundan hollarda qaytariluvchi qiymat turi void – kalit so`zi orqali ifodalanadi. Misol uchun, qaytariluvchi qiymat turi srand funksiyasida void hisoblanadi. Bajarilishdan so`ng qiymat qaytaruvchi funksiyalar qiymat qaytaruvchi funksiyalar, qiymat qaytarmaydigan funksiyalar esa, void funksiyalar deb ataladi.
Funksiya tarkibida e’lon qilingan o`zgaruvchilarni formal parametrlar yoki oddiy qilib, parametrlar deb atash mumkin. Parametr o`rin egallovchiga o`xshaydi. Funksiya chaqirilganda parametrlarga qiymat kiritamiz. Bu qiymat faol parametr yoki argument sifatida kiritiladi. Funksiyaning parametrlar ro`yxati turni, tartibni va funksiyadagi parametrlar sonini ifodalaydi. Funksiya nomi va parametrlar ro`yxati birgalikda funksiya bosh qismi ni tashkil etadi. Funksiyada parametrlarni ishlatish majburiy emas, funksiya parametrlarga ega bo`lmasligi ham mumkin. Masalan, rand() funksiyasi parametrga ega emas. Funksiya tanasi, funksiya chaqirilganda hisoblanishi lozim bo`lgan ko`rsatmalar jamlanmasidan iborat. max funksiyasininig tanasida ikki sondan kattasini aniqlovchi if operatoridan iborat. Natijani qaytarishga mo`ljallangan qaytarish ko`rsatmasi return – kalit so`zi orqali beriladi. U funksiya tomonidan bajarilgan hisoblashlar natijasi bo`1gan qiymatni qaytarishga mo`ljallangan. return ko`rsatmasi ishlatilgandan so`ng funksiyadan chiqiladi.



Yüklə 97,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin