Dasturlash I 10-hafta mavzu: Funksiyalar


max funksiyasi chaqirilganda i



Yüklə 97,55 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü97,55 Kb.
#196151
1   2   3   4
ma\'ruza-10

max funksiyasi chaqirilganda i ning qiymati, ya’ni 5 max funksiyasi tarkibidagi num1 ga, j ning qiymati esa, ya’ni 5, max funksiyasi tarkibidagi num2 ga yuboriladi. Boshqaruv nazorati max funksiyasiga uzatiladi. max funksiyasi hisoblandi. max funksiyasida return ko`rsatmasi bajarilganda u boshqaruv yo`nalishini chaqiruvchisiga, ya’ni, main funksiyasiga qaytaradi. Ushbu jarayon 10.2-rasmda tasvirlangan.

10.2-rasm. max funksiyasi chaqirilganda boshqaruv nazorati unga yuboriladi. Bir marta max funksiyasi bajarilgandan so`ng nazoratni uning chaqiruvchisiga qaytaradi.
Har safar funksiya chaqirilganda, tizim funksiyaning o`zgaruvchilarini va argumentlarini yozish uchun faollashtirish yozuvi (activation record) (shuningdek, u faollashtirish qobig`i (activation frame) - deb ham ataladi)ni yaratadi va uni chaqiruv steki (call stack) – xotira maydoniga joylashtiradi. Shuningdek, chaqiruv steki ham hisoblash steki (execution stack), bajarilish steki (runtime stack), yoxud mashina steki (machine stack) nomlarini ham olgan bo`lib, odatda, qisqacha qilib “stek” deb ataladi. Funksiya boshqa bir funksiyani chaqirganda, chaqiruvchining faollashtirish yozuvi tegilmasdan ushlab turiladi va yangi funksiya uchun yangi faollashtirish yozuvi yaratiladi. Funksiya ishini tugatganda va boshqaruv nazoratini chaqiruvchisiga qaytarganda, uning faollashtirish yozuvi stekdan olinadi. Chaqiruv steki faollashtirish yozuvlarini “oxirgi kelgan birinchi chiqadi” qoidasiga muvofiq xotiraga yozadi. Oxirgi chaqirilgan funksiyaning faollashtirish yozuvi stekdan birinchi bo`lib olib tashlanadi. Faraz qilaylik, m1 funksiyasi m2 funksiyasini chaqiradi va keyin m2 funksiyasi m3 funksiyasini chaqiradi. Real vaqt tizimi dastlab m1 funksiyasining faollashtirish yozuvini, so`ngra, m2 va m3 larnikini mos ketma-ketlikda stekka kiritadi. m3 bajarilib bo`lgandan so`ng, uning faollashtirish yozuvi stekdan olinadi. m2 bajarilib bo`lgandan so`ng, uning faollashtirish yozuvi stekdan olinadi. m1 bajarilib bo`lgandan so`ng, uning faollashtirish yozuvi stekdan olinadi.
Steklarning chaqirilishini tushunish bizga funksiyalar qanday chaqirilishini tushunib olishimizga yordam beradi.

10.3-rasm. max funksiyasi chaqirilganda, boshqaruv nazorati unga uzatiladi. max funksiyasi bir marta bajarilgandan so`ng, boshqaruv nazorati uning chaqiruvchisiga qaytariladi.



Yüklə 97,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin