1.1.Kirish
Key Point. Ob’yektga yo`naltirilgan dasturlash – kata hajmli dasturiy ta’minotni samarali yo`l bilan ishlab chiqish imkonini beradi.
Avvalgi ma’ruzalar orqali olingan bilim va tajribalar asosida tanlash, sikl operatorlar, funksiyalar va massivlarni qo`llagan holda dasturlash olamidagi ko`plab muammolarga yechim topishimiz mumkin. Shunga qaramay, bularning barchasi kata hajmli masalalarning yechimini topishda samarali yechim sifatida qo`llanilavermaydi. Ushbu ma’ruzadan boshlab, kata hajmli dasturiy ta’minot tizimlarini ob’yektga yo`naltirilgan dasturlash tamoyillari asosida ishlab chiqishni ko`rib chiqamiz.